OLXO‘RI MEVASI VA DANAK MAG‘ZININIG MAKRO VA MIKROELEMENT TARKIBINI UNDUKTIV BOG‘LANGAN PLAZMALI MASS-SPEKTROMETRIYA USULI BILAN TADQIQ QILISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Olxo‘ri o‘simligining mevasi va danak mag‘zining elementar tarkibi unduktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli bilan tadqiq qilindi. Os‘imlikning tadqiq qilingan namunalarida 43 ta makro- va mikroelementlar miqdori aniqlandi. Mevasi tarkibida 25 ta element 0.001-1296.280 mg/l va danak mag‘zi tarkibida 40 ta element 0.001-7643.454 mg/l miqdorda mavjud ekanligini tajriba natijalari kg‘rsatdi. Mevasi tarkibidagi elementlarning umumiy miqdori 2532.406 mg/l va danak mag‘zining tarkibida 11466.952 mg/l ni tashkil etdi. Olxo‘ri danak mag‘zida mevasiga nisbatan ~4.53 marta kg‘proq makro va mikrolementlar mavjud ekan. Olxo‘ri mevasi va danak mag‘zida Ca, K, Na, Mg, S kabi makroelementlar aniqlandi. Mevasi tarkibida makrolementlar umumiy miqdori 2413.206 mg/l; danak mag‘zida esa 11143.515 mg/l ni tashkil etdi. Makroelementlar miqdori mevasida umumiy mineral tarkibga nisbatan ~95.3%; danak mag‘zida esa ~97.2% ni tashkil etdi. Olxo‘ri mevasi tarkibida Al, Fe, Si, B, Mn, danak mag‘zida esa Al, Fe, Si, Zn, B, Zn, Sr, Ba,Ti, Mn, Ni, V va Rb mikroelementlari sezilarli miqdorga ega. Mevasi tarkibida alyuminiy, danak mag‘zida esa temir eng yuqori miqdorga egadir. Zaharli elementlardan mevasi tarkibida qo‘rg‘oshin va kadmiy aniqlangan bo‘lsa, danak mag‘zi tarkibida qo‘rgoshin, kadmiy, mishyak va simob aniqlandi. Zaharli elementlardan qo‘rgoshin yuqori miqdorga ega bo‘lib, mevasida 0.744 mg/l va danak mag‘zida esa 0.419 mg/l ni tashkil etdi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Bhutani, V.P., Joshi, V.K.. Plum. In: Shalunke, D.K., Kadam, S.S. (Eds.), Fruit Science and Technology. Marcel Dekker, New York,1995. pp.203–241.
Rieger, M.. Introduction to Fruit Crops. The Haworth Press, Inc., New York, , 2006. pp.369–381.
Faust, M., Suranyi, D. Origin and dissemination of plums. In: Janick, J. (Ed.), Horticultural Reviews,1999.vol.23.Wiley & Sons,Inc.,pp.179–231.
Browicz, K. Prunus L. In: Davis, P.H. (Ed.), Flora of Turkey and the east Aegean Islands, vol. 4. EdinburgUniversity Press, Edinburg,1972. pp.8–12.
Webb, D.A. Prunus L. In: Tutin, T.G., Heywood, V.H., Burges, N.A., Moore, D.M., Valentine, D.H.,Walters, S.M., Webb, D.A. (Eds.), Flora Europaea. Cambridge University Press, Cambridge,1968.pp. 77–80.
Wei Liu, Guangming Nan, Muhammad Farrukh Nisar, Chunpeng Wan, "Chemical Constituents and Health Benefits of Four Chinese Plum Species",Journal of Food Quality, 2020.vol. 2020, Article ID 8842506, 17 pages, https://doi.org/10.1155/2020/8842506
https://zarnews.uz/post/olxorining-7-davosi
Расулова М.О., Назаров О.М., Амирова Т.Ш. Определение содержания макро-и микроэлементов в различных видах кожи методом масс-спектрометрии с индуктивно-связанной плазмой. Universum: химия и биология. 2022.6-2(96).С.18-22.
Карабаева Р.Б., Ибрагимов А.А., Назаров О.М.Определение содержания химических элементов и аминокислот в Prunus persica var. Nectarina. Universum: химия и биология.2020. 9 (75).С.15-18.
https://studme.org/256463/matematika_himiya_fizik/soderzhanie_pischevyh_produktah#:~