Mualliflar uchun qo'llanma
“FarDU. ILMIY XABARLAR JURNALIDA CHOP ETILADIGAN MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN
T A L A B L A R
- 1. Jurnal tahririyatiga taqdim etilayotgan maqolaga 1) muallif(lar) ishlayotgan muassasa rahbariyatining yo‘llanma xati; 2) ekspert xulosasi - 2 nusxada; 3) maqola yozilgan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha tahrir hay’atiga kiritilgan fan doktori hamda filolog mutaxassis imzolagan (imzo tegishli tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim) taqriz-tavsiya va Antiplag.uz ma'lumotlar bazasidan maqolani tekshirganlik haqidagi sertifikat (maqolani orginallik darajasi 70% va undan yuqori bo'lishi maqsadga muvofiqdir) ilova qilinadi.
- 2. Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida IMRAD talablari asosida yozilgan bo‘lishi lozim.
- 3. Maqola qaysi tilda yozilishidan qat’iy nazar unga uch til – o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya 150-200 so‘z, kalit so‘zlar va UDK raqami ilova qilinadi.
- 4. Maqola jurnal tahririyatiga “Microsoft Word” dasturida (“Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, satrlar orasi bir yarim intervalda) terilgan holda ikki nusxada, elektron varianti sayt orqali yuboriladi.
- 5. Maqolaning umumiy hajmi (rasm, jadval va diagrammalar bilan birgalikda) 8-10 sahifadan, qisqa xabarlarning hajmi 4-5 sahifadan oshmasligi talab etiladi. Maqolaning bir nusxasi muallif(lar) tomonidan imzolanadi.
- 6. Muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi, lavozimi, manzili (uy va xizmat telefon raqamlari, elektron pochta) ko‘rsatiladi.
- 7. Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan bo‘lsa, ular aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Formulalar matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.
- 8. Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyot satr osti izohi tarzida emas, balki maqola oxirida asosiy matndagi ketma-ketligi asosida umumiy ro‘yxatda ko‘rsatiladi. Matn ichidagi ko‘chirmadan so‘ng iqtibos olingan asarning ro‘yxatdagi tartib raqami va sahifasi kvadrat qavs ichida beriladi. Bu o‘rinda kitob, to‘plam, monografiyalar uchun mualliflarning ism-familiyalari, manbaning to‘liq nomi, nashr ko‘rsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili) ko‘rsatiladi. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa nomeri ko‘rsatiladi.
- 9. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e’tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.
- 10. Ijobiy taqriz berilgan maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.
- 11. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
Jurnal haqida
Bu ochiq kirish jurnali bo'lib, barcha kontent foydalanuvchi yoki uning muassasasi uchun bepul bo'lishini anglatadi. Foydalanuvchilarga maqolalarning to‘liq matnlarini o‘qish, yuklab olish, nusxalash, tarqatish, chop etish, qidirish yoki ularga havolalar berish yoki ularni noshir yoki muallifdan oldindan ruxsat so‘ramasdan turib boshqa qonuniy maqsadlarda foydalanishga ruxsat beriladi. Bu BOAI ochiq kirish ta'rifiga mos keladi.
Moliya vazirligi G'aznachiligi KKKM
Toshkent shahar BB
x/r 234020000300100001010
mfo 00014, aralashtiramiz 201122919
To'lov maqsadida quyidagilar yozilishi kerak:
SHHV 400110860304017094100350001
FarDU ilmiy xabarlar jurnali uchun FISH Stir 201133366
Maqola to'lovi 200 000 so'm