FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY JURNALI

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2020-yil 2-sentabrda 1109 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Jurnal 1995-yildan boshlab nashr etilib, unda respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil va erkin tadqiqotchilar, pedagoglarning ilmiy maqolalari e’lon qilib borilmoqda.

Jurnalning maqsadi va vazifalari. Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik. Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Jurnal uch tilda chop qilinadi: o‘zbek, rus va ingliz.

Jurnalda aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha matematika, fizika-texnika, kimyo, biologiya, geografiya; ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha pedagogika, iqtisodiyot, falsafa fanlari, siyosiy fanlar, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, yo‘nalishlarda maqolalar chop etishlari, shuningdek, “ilmiy axborot”, “fanimiz fidoyilari”, “adabiy taqvim”, “xotira” kabi rukunlar mavjud. Jurnal 2017-yilgacha yiliga to‘rt marta, 2017-yildan boshlab yiliga olti martadan chop etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan.

  • 10.00.00 – Filologiya;
  • 02.00.00 – Kimyo;
  • 07.00.00 – Tarix;
  • 09.00.00 – Falsafa fanlari;
  • 13.00.00 – Pedagogika fanlari;
  • 23.00.00 – Siyosatshunoslik;
  • 03.00.00 – Biologiya;
  • 11.00.00 – Geografiya.

Jurnalning muqova dizayni va original maketi FarDU tahririy-nashriyot bo‘limida tayyorlanadi. FarDU nusxa ko‘paytirish bo‘limida chop etiladi. 2018-yildan buyon http://journal.fdu.uz/ saytiga 11 ta yo‘nalish jurnal xaqida ma’lumot kiritib borilmoqda

Jurnalga 2022-yildan qabul qilingan har bir maqola uchun DOI raqami (crossref.org orqali) olina boshlangan.

Jurnal 2023-yildan boshlab har bir son ikki seriyaga, “Itjimoiy gumanitar” va “Aniq va tabiiy fanlar”ga bo‘lingan holda nashirdan chiqa boshlagan.

Indekslash

Mualliflik huquqi to'g'risida eslatma

Mualliflar maqolaga mualliflik huquqini jurnalning noshiri sifatida Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali: Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jurnaliga o‘tkazishga rozi bo‘ladilar, agar maqola nashrga qabul qilingan taqdirda kuchga kiradi. Ko'zda tutilgan mualliflik huquqi turli shakllarda (shu jumladan, qayta nashrlarda) maqolalarni nashr qilish huquqlarini o'z ichiga oladi.

Mualliflar va boshqa tomonlar chop etilgan maqolalar uchun Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International (CC BY-NC-ND 4.0) litsenziyasiga ega. Bu foydalanuvchilarga quyidagilarga imkon beradi:

Лицензия Creative Commons

Ulashish — materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta tarqatish
Moslash — remiks qiling, o‘zgartiring va materialga asoslang

Quyidagi shartlar asosida:

Atribut — Tegishli kredit berishingiz, litsenziyaga havolani taqdim etishingiz va oʻzgartirishlar kiritilganligini koʻrsatishingiz kerak. Siz buni har qanday oqilona yo'l bilan qilishingiz mumkin, lekin litsenziar sizni yoki sizning foydalanishingizni ma'qullashini taklif qiladigan tarzda emas.
Notijorat — Siz materialdan tijorat maqsadlarida foydalana olmaysiz.

NoDerivatives — Agar siz materialni remikslashtirsangiz, oʻzgartirsangiz yoki qursangiz oʻzgartirilgan materialni tarqata olmaysiz.

Hech qanday qoʻshimcha cheklovlarsiz — Litsenziya ruxsat bergan har qanday harakatni boshqalarga qonuniy ravishda cheklaydigan qonuniy shartlar yoki texnologik choralarni qoʻllay olmaysiz.