logo
O‘zbekcha

JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss3/a185

Kalit so‘zlar:

Janubiy Farg‘ona, Sphingidae, Smerinthus kindermannii, kapalak, tuxum, qurt, g‘umbak, morfologiya, tarqalishi.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sphingidae oilasiga mansub Smerinthus kindermannii (Lederer, 1857) turining Janubiy Farg‘ona sharoitida biologiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. S. kindermannii ning tadqiqot hududida tarqalishi, mavsumiy rivojlanishi, har bir rivojlanish (kapalak, tuxum, qurt, g‘umbak) bosqichidagi morfologik belgilari tasvirlab berilgan. Tadqiqotlar Farg‘ona vodiysining janubiy qismi – Farg‘ona viloyati hududida olib borilgan, namunalar tungi yoritgich uskunasi (DRL - 200) yordamida yig‘ilgan. S. kindermannii Janubiy Farg‘ona sharoitida bir mavsumda uch avlod beradi. Birinchi avlod   mart-aprel, ikkinchi avlod may-iyun, uchinchi avlod avgust -sentyabr oylarida rivojlanadi. S. kindermannii kapalagining tuxumi och yashil rangda bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan yosh lichinkalarning tana uzunligi 6,8-7,2 mm, tanasining rangi och yashil bo‘ladi, ikkinchi yoshdan to‘q yashil rangga o‘zgaradi. Lichinkalar beshinchi yoshda g‘umbakka aylanadi. G‘umbakka aylanishdan 5-6 kun oldin oziqlanishdan to‘xtaydi va qoramtir qizg‘ish rangga kiradi. Yangi hosil bo‘lgan g‘umbakning uzunligi o‘rtacha 37,4 mm, og‘irligi 245 mg ni tashkil etadi. Dastlab bosh ko‘krak hamda boshlang‘ich qanot qismlari qizg‘ish, qorin qismi to‘q qizg‘ish rangda, 7 kundan so‘ng oldingi tomoni to‘q qizg‘ish jigarrang, qorin tomoni esa qaramtir rangga o‘zgaradi.

Mualliflar haqida

  • Malikjon Shermatov, Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti, biologiya fanlari doktori, dotsent

  • Oygul Qayumova, Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

Adabiyotlar

1. Китчинг, И. Дж. Таксономический инвентарь Sphingidae (http://sphingidae.myspecies.info). Лондон, Великобритания: NHMUK, 2019.

2. Pittaway, A. R. (1993): The Hawkmoths of the Western Palaearctic. Harley Books & Natural History Museum, London. ISBN 0-946589-21-6.

3. Pittaway, A. R. (2018). "Systematic List". Sphingidae of the Western Palaearctic. Retrieved December 12, 2018.

4. Pittaway, A. R.; Kitching, I. J. "Systematic List". Sphingidae of the Eastern Palaearctic. Retrieved December 15, 2018.

5. Erdem Seven. A survey on sphingidae (lepidoptera) species of south eastern Turkey with new distributional records Year 2020, Volume: 41 Issue: 1, 319 – 326

6. Shermatov М. et. al. 2021. Distribution of Butterflies of the Family Sphingidae (Insecta, Lepidoptera) in the Fergana Valley// International Journal of Virologyand Molecular Biology.Vol.10.№2.P.27-33 http://article.sapub.org/10.5923.j.ijvmb.20211002.01.html.

7. Комаров Д.А. (очерк) Красная книга Волгоградской области. Т.1: Животные. Волгоград: Волгоград, 2004. 172 с.

8. Синёв С.Ю. (ред.). Каталог чешуекрылых (Lepidoptera) России. Издание 2-е. Санкт-Петербург: Зоологический институт РАН, 2019. 448 с.

9. Nataly Yu. Snegovaya1 , Valeri A. Petro “A list of Sphingidae (Lepidoptera) of Azerbaijan”. ActaBiologicaSibirica 7: 103–124 (2021) doi: 10.3897/abs.7.e56707

10. Alexander Pelzer “Preimaginal stages of Smerinthus kindermanni,and comparison with S. ocellata (Sphingidae)”. Nota lepid. 21 (4): 234-239; 01.XII.1998 ISSN 0342-7536

11. Omonov Sh.N., Rahimov M.Sh., Askarova M.R., Khomidova G.O. Taxonomic Analysis Of Hawk Moths (Lepidoptera, Sphingidae) Of Samarkand

12. Swinhoe, Charles. 1885. "IV. List of Lepidoptera collected in Southern Afghanistan." Transactions of the Entomological Society of London. [Read October 1st, 1884.] https://doi.org/10.1111/j.1365-2311.1885.tb00889.x.

13. https://tpittaway.tripod.com/china/ppro.htm.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-01-23

Qanday iqtibos keltirish

JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI . (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(3), 185. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss3/a185

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

1 2 > >>