BADIIY VA TURISTIK-REKLAMA DISKURSIDA KONTAMINATSIYA IMKONIYATLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Madazizova Dilafruz Xabibiloyevna

Annotatsiya

Ushbu maqolada badiiy va turistik-reklama diskurslarida ifoda va expressivlik darajasini oshirishda kontaminatsiya imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan. Bu masala, bugungi kunning dolzarb mavzulariga aylanib, tadqiqotlar diqqat markazidan o‘rin olmoqda, chunki har qanday tilning zamonaviy rivojlanish davri tilning maxsus birliklari sifatida yangi diskurslarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shu bois, diskurs va unda vujudga keladigan maxsus til birliklarini bir biridan ajratib bo‘lmaydi, ular ma’lum darajada bir-biri bilan kesishish va bir-birini boyitish bilan xarakterlanadi.[8] Diskurs-tilshunoslikda nisbatan yangi soha bo‘lishiga qaramasdan, xorij tilshunos-olimlari tomonidan, allaqachon o‘rganila boshlangan. Tadqiqotlar ko‘lamini kengayishi uning chuqurroq zabt etishga yetaklamoqda. Diskurs va uning turlari, jumladan, media diskurs, siyosiy diskurs, glutonik diskurs, badiiy diskurs, turistik diskurs kabi yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar ana shu izlanishlar mahsulidir. Bu mavzu doirasida xorij tilshunos-olimlari, jumladan, M. Foucault, Z. Harris, E. Benvinist, U. Cheys, V. Deysler, J. Grayms, Teun Van Deyk, A. E. Kibrik, V. Karasik, V. Demyankov, N. D. Arutyunova, V. I. Karasik, V. E. Chernyavskaya kabi tilshunoslar mehnatlari beqiyos. Masalan, diskursning lingvo-pragmatik muammolari ustida tilshunoslar V. V. Zirka, T. V. Matveyevaning tadqiqotlari; badiiy diskurs muammolari bo‘yicha N. V. Kulibina, T. B. Samarskaya, E. Martirosyan izlanishlari, shuningdek, turistik diskurs yo‘nalishida esa L. P. Tarnayeva, V. V. Datsyuk, N.V. Filatovaning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Biroq, badiiy va turistik diskursning reklama janridagi o‘zaro ta’sir muammosi hali ham maxsus tadqiqot obyektiga aylanganicha yo‘q. Ana shu nuqtai nazardan, ushbu maqolaning maqsadi turistik reklama diskursida o‘rnatilgan badiiy diskursning kontaminatsiya imkoniyatlari tahlil qilinadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Tilshunoslik
muallifning biografiyasi

Madazizova Dilafruz Xabibiloyevna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

Foydalaniladigan adabiyotlar

Axmanova O. S. Slovar lingvisticheskix terminov.- M.:1969.- bet 608./ [Linguistic Terminology Dictionary. Moscow : Sov. ensikl., 608 p.]

Belchikov Ju. A. Kontaminatsiya/ Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar.- M., 1990.- bet 238./[Contamination/linguistic dictionary.-M.:238p]

Efanova L.G. Kontaminatsiya (materiali k slovaryu lingvisticheskix terminov). I qism. Shirokoe i uzkoe ponimanie termina «kontaminatsiya».- Vestnik Tomskogo gosudarstvennogo universiteta. Filologiya. 2015. betlar 25-29. / [Contamination (matrials to linguistic terminology dictionary)]//Vestnik. Tomsk State University,:2015.- p 25-29.]

Filatova N. V. Zhanrovoe prostranstvo turisticheskogo diskursa.- M.:-2012. №2. –betlar 76-82./[Ganric space of touristic discourse.- M.:-2012. №2. –p 76-82.]

Filatova N. V. Turisticheskiy diskurs v ryadu smezhnix diskursov: gibridizatsiya ili polifoniya.- M.:2012.-betlar 41-46. /[Touristic discourse among neuboring discourses.- M.:2012.-p 41-46.]

Karasik V.I. O tipax diskursa//Yazikovaya lichnost:institutsionalniy i personalniy diskurs.-Volgograd, 2000.- bet 5-20./[Types of discourse.-V.:2000.-p5-20.]

Kibrik A. E. Ocherki po obshim i prikladnim voprosam yazikoznaniya.-M.:,1992.-betlar 287-301./ [Skretches on general and applied linguistic issues.-M.:1992.-p287-301.]

Panchenko O. E. Lingvopragmaticheskiye vozmojnosti kontaminatsii xudodzestvennogo i reklamno-turisticheskogo diskursov.-Ukraina.2020.- ORCID:httpt: // 0000-0003-2217-5613. /[Linguapragmatic possibilities of artistic and advertising touristic discourses.-U.:2020.]

O‘. Hoshimov. So‘qqabosh bevagina. T.:Nurli dunyo, 2022.-bet 160./[An alone widow. T.:Nurli dunyo, 2022.-p. 160.]