SOʻX DARYOSI HAVZASIDA UCHROVCHI GOBIO LEPIDOLAEMUS KESSLER, 1872 (TELEOSTEI: GOBIONIDAE)NING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Urmonova Dilafruz Erkinjonovna
Sheraliyev Baxtiyor Maxmutali oʻgʻli

Annotatsiya

Soʻx daryosi joylashgan mintaqasiga koʻra togʻ daryosi hisoblanib, ixtiofaunasining tur tarkibi boʻyicha tekislik suv havzalaridan farq qiladi. Shu kungacha ushbu daryoda baliqlarning 3 turi tarqalganligi borasida maʼlumotlar mavjud edi. Mazkur tadqiqot davomida ilk marotaba Soʻx daryosining oʻrta oqimida Sirdaryo havzasi endemigi boʻlgan Turkiston qumbaligʻi (Gobio lepidolaemus) ning kichik populyatsiyasi uchrashi aniqlandi. Turkiston qumbaligʻining yashash muhiti asosan tekislik suv havzalari hisoblanib, uning asta-sekin sovuq suvli togʻ daryolari tomon migratsiyasi tadqiqot davomida isbotlandi. Mazkur maqolada Soʻx daryosi ixtiofaunasidan ilk bor qayd etilgan Turkiston qumbaligʻining morfologik xususiyatlari haqida soʻz boradi. Turning morfometrik hamda meristik koʻrsatkichlari yigʻilgan namunalar asosida tahlil qilindi hamda boshqa suv havzalari populyatsiyalari koʻrsatkichlari bilan solishtirib chiqildi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Biologiya
Mualliflar biografiyasi

Urmonova Dilafruz Erkinjonovna, Farg'ona davlat universiteti

Fargʻona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

Sheraliyev Baxtiyor Maxmutali oʻgʻli, Farg'ona davlat universiteti

Fargʻona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi dotsenti,

b.f.f.d. (PhD)

Foydalaniladigan adabiyotlar

. Urmonova, D., Sheraliyev, B. (2023). Soʻx daryosi suv havzasi ixtiofaunasining taksonomik reviziyasi. Xorazm Maʼmun akademiyasi axborotnomasi, 2 (1), 70-72.

Fricke, R., Eschmeyer, W. N., & Van der Laan, R. (eds) (2024). Eschmeyerʼs Catalog of Fishes: genera, species, references. [Online]. URL: http://researcharchive.calacademy.org/ research/ichthyology/catalog/fishcatmain.asp (Murojaat etilgan sana: 07.11.2024).

Mendel, J., Lusk, S., Vasilʼeva, E. D., Vasilʼev, V. P., Lusková, V., Ekmekci, F. G., Erkʼakan, F., Ruchin, A., Košco, J., Vetešník, L., Halacka, K., Šanda, R., Pashkov, A. N., Reshetnikov, S. I. (2008). Molecular phylogeny of the genus Gobio Cuvier, 1816 (Teleostei: Cyprinidae) and its contribution to taxonomy. Molecular Phylogenetics and Evolution, 47, 1061-1075.

Sheraliev, B., Allayarov, S., Peng, Z. (2020). First records of Gobio nigrescens and Gobio sibiricus (Cypriniformes: Gobionidae) from the Amu Darya River basin, Uzbekistan. Journal of Applied ichthyology, 36(2), 235-239.

Кесслер, К. Ф. (1872). Ихтиофауна Туркестана. Изв. о-ва любителей естествозн., антропол. и этнографии, 10, 47-76.

Ushbu muallif(lar)ning maqolalari, eng ko‘p o‘qilgan

1 2 > >>