MILLIY UYG‘ONISH DAVRI FARG‘ONA VODIYSI SHE’RIYATI VA OZARBAYJON ADABIYOTIDAGI MAZMUNIY MUSHTARAKLIKLAR

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Almaz Ulvi Binnatova
Oybek Barziyev Xabibullayevich

Annotatsiya

Maqolada milliy uyg‘onish davri Farg‘ona vodiysi she’riyati va ozarbayjon adabiyotidagi o‘zaro mazmuniy mushtarakliklar haqida gap boradi. Ozarbayjon adabiyotining yorqin vakillari: Ahmad Javod, Hasan Qorabog‘iyning ayrim lirik asarlari Farg‘ona vodiysi shoirlari: Xaziniy to‘ra, Nodim Namongoniy, Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy, Anbar otin she’riyatidagi mushtarak jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Har ikki millat she’riyatida yurt ozodligi, uni erkin va farovon ko‘rish, xalqning qalbidagi orzu va istaklar turli parranda (bulbula) va hayvon nomlari (kiyik, ohu, jayron)lardan foydalangan holda ularning she’rlaridagi uslubiy yaqinliklarga urg‘u berilgan. Shu bilan birga milliy uyg‘onish davri ozarbayjon va o‘zbek she’riyatida milliy mustaqillik tushunchalari, inson erki va uning qadr-qimmatini ulug‘lash, o‘z davrining hukmron vakillaridan insof hamda adolat kutish kabi g‘oyalar xususida poetik mushohadalar qilingan. Bu o‘tkinchi dunyoda inson zoti zavol va zarar ko‘rmay yashab o‘tishi haqida ilgari surilgan umumlashma mushtarak fikrlar ikki millat shoirlari ijodida yuksak ahamiyat kasb etganligi o‘ziga xos bayon qilingan. Maqola tahlilga tortilgan davr ozarbayjon va o‘zbek she’riyatida ilgari surilgan ikki  millat tili, an’anasi, milliy mentalitetini va ayniqsa, xalqning poetik tafakkurida yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar bilan tanishishimizda ahamiyatli sanaladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Tilshunoslik
Mualliflar biografiyasi

Almaz Ulvi Binnatova, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti

Ozarbayjon Respublikasi, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalari” sho‘basining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

Oybek Barziyev Xabibullayevich, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)

Foydalaniladigan adabiyotlar

www.ziyo.uz.com.jahonadabiyotiOzarbayjonshe’riyati..AhmadJavodhe’rlari.Razzoq Abdurashid tarjimasi.1-bet.

Nodim Namongoniy. Tanlangan she’rlar / Nashrga tayyorlovchilar: Tursunov A., Xalilbekov A. – Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1964.60-bet..

Furqat. Tanlangan asarlar / Nashrga tayyorlovchi: Holid Rasul. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.105-bet.

Asrlar nidosi. Mumtoz o‘zbek adabiyotidan namunalar. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. 259-bet.

Nodim Namongoniy. Tanlangan she’rlar / Nashrga tayyorlovchilar: Tursunov A., Xalilbekov A. – Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1964.63-bet.

Turkiy adabiyot durdonalari. Ozarbayjon zamonaviy she’riyati antologiyasi / To‘plovchi va nashrga tayyorlovchi: Bahriyev K. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.29-bet.

Anbar otin. She’rlar risola. To‘plovchi va so‘z boshi muallifi: Husainova F. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970.16-bet.

Turkiy adabiyot durdonalari. Ozarbayjon zamonaviy she’riyati antologiyasi / To‘plovchi va nashrga tayyotlovchi: Bahriyev K. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.10-bet.

Xaziniy. Devon / So‘zboshi, lug‘at-izohlar muallifi: Madaminov A., Jo‘raboyev O. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999.46-bet.

www.ziyo.uz.com.jahonadabiyotiOzarbayjonshe’riyati..MuhammadXodiyshe’rlari Rauf Parfi tarjimalari. 33-bet.