FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Barziyev Oybek

Annotatsiya

Maqolada milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti Andijon adabiy muhitining vakili Mavjiy va qozoq adibi Abay (Ibrohim Qo‘nanboyev) qalamiga mansub bo‘lgan o‘z o‘g‘illari taqdirini bayon qilish mavzusidagi she’rlar arman shoiri Avetiik Isakyan va marg‘ilonlik alloma-shoir – Abdussamad Oxun Qoil Marg‘iloniyning nasihat qilish ruhidagi lirik asarlari bilan qiyoslab o‘rganilgan.


O‘zbek, arman, qozoq millatiga mansub mazkur shoirlar ijodida ilgari surilgan g‘oyaviy mushtarak jihatlar tahlil doirasiga tortilgan. Milliy uyg‘onish davrining uch shoiri she’riyatidagi uslubiy yaqinlik, obraz va so‘z qo‘llashdagi badiiy mahorat masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.


Ma’lumki, qadimdan Sharq pedagogikasida farzand tarbiyasi, ayniqsa, o‘g‘il bolaning odob-axloqiga jiddiy e’tibor qaratib kelingan. Bu nozik masala asosan otalar zimmasiga yuklatilgan. O‘rganilishi maqsad qilib olingan shoirlar she’rlarida ko‘tarilgan muammo – o‘g‘il bolalar taqdiri va tarbiyasiga qaratilgan bo‘lib, unda otalik mehri bilan ularning qismatiga achinish, g‘amxo‘rlik qilish, farzandidan judo bo‘lish sabab va oqibatlariga alohida urg‘u berilgan. Shu bilan birga lirik qahramon – shoir-otalarning o‘z farzandlariga bo‘lgan munosabati sharqona diniy qarashlar: betob farzandining tuzalishi uchun duo qilish, ularning vafotidan keyin faryod qilib yig‘lash yoki nasihat ruhida yozilgan lirik asarlarda aks etgan bolani yoshligidan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtni qo‘riqlash, unga jon fido qilish, ota-onaning tirikligi vaqtida qadrlash, ular vafotidan keyin doim yodlab turish, haqlariga fotiha o‘qish kabi mavzular yoritilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Adabiyotshunoslik
muallifning biografiyasi

Barziyev Oybek, Fergana Stete University

Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Foydalaniladigan adabiyotlar

Ko‘hna sadolar ( Manzur, Ojiz, Muntazir, Bimiy, Muhib, Pirimqori, Hofiz, Mushtoq, Mavjiy) / To‘plab, nashrga tayyorlovchi: Madg‘oziyev I, prof. Quronov Dning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2020. 226 – bet. Old sounds (Manzur, Ojiz, Muntazir, Bimi, Muhib, Pirimqori, Hafiz, Mushtoq, Mavjiy) / Collected, prepared for publication: Madgoziyev I. prof. Under the general editorship of Kuronov D. – Tashkent: Akademnashr, 2020. 226-page.

O‘sha asar. 250 - bet. That work. 250-page.

O‘sha asar. 252 - bet. That work. 252-page.

Rustamov A. Qozoq she’riyatining Asqar tog‘i / “Sharq yulduzi” jurnali. 2018-yil, 4-son. 68-bet. Rustamov A. Mount’s Askar of kazakh law / Eastem Star madazine of the kazakh Sherry. 2018, Issue 4. 68-page.

Abay. She’rlar va poemalar / Redaktor: Mirtemir. – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1970. 72 – bet. Abay. Lions and poems / Redaktor: Mirtemir. – Tashkent: Literature and art publishing house named after G.Gulom. 1970. 72-page.

O‘sha asar. 110 – bet. That work. 110-page.

Fayzullayev R., Abdulahatov N. Abdussamad Oxun Qoil Marg‘iloniy. Ikkinchi kitob. – Toshkent: Noshir, 2014. 435-bet. Feyzullayev R., Abdulahatov N. Abdussamad Oxun Qoil Margilani. The second book. – Tashkent: Publisher, 2014. 435-page.

Mahmud Ismoil. Marg‘ilon – orif zotlar makoni / Suhbatdosh Abdullayev M. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 2007-yil, 41-son, 3-bet. Ismail Makhmud. Margilan is a place of noble breeds / Interlocutor Abdullayev M. Uzbekistan literature and art newspaper. 2007. Issue 41. 3-page.

Qardoshlik qo‘shig‘i. She’rlar / Jamoatchilik asosida to‘plab, nashrga tayyorlovchi: Omon Matjon. – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. 103-bet. Brotherhood spoon. Lions / Collected by the public and prepared for publication:: Aman Matjan. – Tashkent: G.Gulom Publishing House Literature and Art, 1974. 103-page.