TO‘G‘ONLI KO‘LLAR VA ULARNING GENEZISI HAQIDA

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Pirnazarov Ravshan Topvoldiyevich

Annotatsiya

Ma’lumki, to‘g‘on ko‘llarni o‘rganish, ular barqarorligini ta’minlash va xavfini kamaytirish maqsadida maxsus monitoringni tashkil etish, ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, turli sabablar ta’sirida to‘g‘onning buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan sel toshqinlarining oldini olishga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy zararini kamaytirishga imkon beradi. Bunda dastlab to‘g‘onli ko‘llarning kelib chiqish qonuniyatlarini, ya’ni genezisini o‘rganish muhim masalalardan biridir. Shu maqsadda, mazkur maqolada to‘g‘onli ko‘llarning paydo bo‘lish sharoiti hamda genezisi masalalari ustuvor tarzda o‘rganilgan. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda maqolada gidrometeorologik tahlil, gidrologik va gidrogeologik hisoblashlar, geografik o‘xshashlik usullaridan foydalanildi.


Ko‘p hollarda o‘rta va baland tog‘ mintaqalarida kechadigan tabiiy geografik jarayonlar natijasida daryo vodiylari turli hajmdagi surilma, ko‘chki, ko‘chki-qulama jinslari bilan to‘silib, tabiiy to‘g‘onlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu to‘g‘onlar paydo bo‘lish sharoitiga ko‘ra qulama-tektonik, muzlik, morena, ko‘chki-qulash hamda qor ko‘chki ko‘llarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi va bunday ko‘llarni umumlashma nom bilan “to‘g‘onli ko‘llar” deb ataymiz.


To‘g‘onli ko‘llarning kelib chiqishi ularning shakl va o‘lchamlari hamda suv hajmiga ko‘ra bir-biridan keskin farqlanishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, to‘g‘onli ko‘llarni tadqiq etishda ularning genetik xususiyatlarini e’tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Geografiya
muallifning biografiyasi

Pirnazarov Ravshan Topvoldiyevich, Fergana Stete University

Farg‘ona davlat universiteti, geografiya kafedrasi dotsenti,geografiya fanlari nomzodi

Foydalaniladigan adabiyotlar

Murray J., Pullar L. Bathymetrical Survey of the Scottish Fresh-Water Lochs: Report on the Scientific Results. Vol. 1. Edinburgh: Challenger Office, 1910- 785 p.

Schwoerbel J. Handbook of Limnology / J.Schwoerbel. –N.Y.: J.Wiley & Sons, 1987. – 228 p.

Зилов Е.А. Гидробиология и водная экология (организация, функционирование и загрязнение водных экосистем): учеб. пособие / Е.А.Зилов. – Иркутск: Изд-во Иркут. гос. ун-та, 2009. – 147 с.

Никитин А.М. Исследование прорывоопасных горных озер Средней Азии // Обзорная информация. – Серия 37.27. Гидрология суши. –Обнинск, 1990. – Вып.1. – 35 с.

Пирмамадов У.Р. и др. Риск и последствия прорывов высокогорных озёр Таджикистана. Селевые потоки: катастрофы, риск, прогноз, защита. -Труды 6-й Международной конференции (Душанбе–Хорог, Таджикистан). -Том 1. –Душанбе: ООО «Promotion», 2020. –С. 1-24.

Пирназаров Р.Т., Ҳикматов Ф.Ҳ. Тўғонли кўлларнинг гидрометеорологик режими ва улар хавфини камайтириш масалалари (Қурбонкўл мисолида). –Т.: “Fan va texnologiya”, 2013. -176 б.

Расулов А.Р., Хикматов Ф.Ҳ., Айтбоев Д.П. Гидрология асослари. Дарслик. – Тошкент: Университет, 2003. – С.328.

https://24.kg/archive/ru/community/42145-2008/11/14/97949.html/