O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Pirnazarov Ravshan Topvoldiyevich
Usmonova Sugdiyona Ismonali qizi

Annotatsiya

Ko‘llar o‘zida juda katta hajmdagi suv resurslarini to‘plab, tabiiy suv ombori vazifasini bajaradi. Lekin qadimdan ko‘llardan nafaqat suv ombori sifatida, balki baliqchilikni rivojlantirish, dengiz mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ham foydalanib kelingan. Shuningdek ko‘llar o‘zining betakror tabiati bilan kishilarni maftun etib kelgan, ularning atrofida rekreatsion maskanlar barpo etilgan. Shu bilan birga shunday ko‘llar borki ular halokatli sel toshqinlarini keltirib chiqarishi bilan aholiga, ularning mol-mulkiga katta zarar yetkazadi. Bunday ko‘llar umumlashma nom bilan - to‘g‘onli ko‘llar, deb ataladi. To‘g‘onli ko‘llarda ro‘y bergan sel toshqinlari to‘g‘risida ilmiy manbaalarda juda ko‘plab bitiklar saqlanib qolgan. Bu borada limnologlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va olingan natijalar o‘sha davr uchun eng qimmatli ma’lumot sifatida qadrlangan. Shu maqsadda, turli davrlardagi limnologik tadqiqotlarni o‘rganish va shu asosda muammoning hozirgi holatini baholash muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi qishloq xo‘jaligini suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga to‘g‘onli ko‘llar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sel toshqinlarining oldini olishga, shunday hodisalar kuzatilgan taqdirda, ularning zararini ma’lum darajada kamaytirishga va, eng asosiysi, aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holda belgilashga imkon beradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur maqolada O‘zbekiston va unga tutash tog‘li hududlarda joylashgan to‘g‘onli ko‘llar, ularning tadqiq etilishi va ular bilan bog‘liq muammolarning bugungi kundagi keskinlashuvi masalalari yoritib beriladi.


Masalani yoritishda turli davrlarda bajarilgan tadqiqot natijalari va xulosalaridan foydalanilgan. Shuningdek, to‘g‘onli ko‘llar tizimining suv va sedimentatsiya balansi elementlari gidrologik, meteorologik va gidrogeologik hisoblash usullari asosida baholangan; qulama to‘g‘on parametrlarini aniqlash, uning barqarorligini baholash hamda to‘g‘onning buzilish xavfini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlarda esa maxsus topogeodezik va gidravlik tadqiqot usullaridan, shuningdek, kartografik, geografik o‘xshashlik va taqqoslash, matematik statistika usullaridan ham keng foydalanilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Geografiya
Mualliflar biografiyasi

Pirnazarov Ravshan Topvoldiyevich, Farg‘ona davlat universiteti

Farg‘ona davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi

Usmonova Sugdiyona Ismonali qizi, Farg‘ona davlat universiteti

Farg‘ona davlat universiteti Geografiya kafedrasi magistranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Агаханянц О.Е. (1989). Сарез. Л.: Гидрометоиздат. – 112 с.

Аслов С.М., Горелкин Е.Н. (2002). Гидрометеорологический мониторинг Сарезского озера. – Ташкент. – 94 с.

Богословский Б.Б. (1960). Озероведение. – М.: МГУ. – 335 с.

Глазырин Г.Е., Никитин А.М., Щетинников А.С. (1986). Водный баланс Сарезского озера. – Ташкент: САНИИ. –Вып.113 (194). – 88 с.

Глазырин Г.Е., Карташов Д.А., Муракаев Р.Р., Тарасов Ю.А., Шамсутдинов В.Н. (2005). Результаты исследования прорывоопасных ледниковых озер в бассейне р. Пскем летом 2003 г. Сб. науч. трудов НИГМИ. Ташкент. – Вып. 5 (250). – С. 43-55.

Корженевский Н.Л. (1936). Исфайрамсай. –Ташкент. – Вып.27. – 95 с.

Молчанов Л.А. (1929). Озера Средней Азии. Труды САГУ. – Сер. 12-а. – Вып.3. – Ташкент.– 83 с.

Никитин А.М.(1987). Озера Средней Азии. – Л.: Гидрометеоиздат. –106 с.

Первухин М.А. (1937). О генетической классификации озерных ванн. Землеведение. – Т. XXXIX. – Вып.6. – С. 526-536.

Пирназаров, Р. Т., & Хикматов, Ф. Х. (2013). Тўғонли кўлларнинг гидрометеорологик режими ва улар хавфини камайтириш масалалари (Қурбонкўл мисолида). Т.: Фан ва технология.

Пирназаров, Р. Т., & Журакузиева, М. Б. К. (2022). ГЕОГРАФИЯ КРУПНЫХ ПЛОТИН. Academic research in educational sciences, 3(10), 144-152.

Пирназаров, Р., & Усмонова, С. (2023). ЎРТА ОСИЁ КЎЛЛАРИНИ ЎРГАНИШ БОСҚИЧЛАРИ ВА НАТИЖАЛАРИ. UNIVERSAL JOURNAL OF ACADEMIC AND MULTIDISCIPLINARY RESEARCH, 1(4), 10-23.

Пирназаров, Р. Т., & Дилафруз, Т. К. М. (2022). КЎКСУВ ДАРЁСИ ҲАВЗАСИНИНГ ГИДРОМЕТЕОРОЛОГИК ШАРОИТИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 110-118.

Рейзвих В.Н., Круковский Г.Л., Никитин А.М. (1971). Причина и условия прорыва оз.Яшинкуль. Сб. работ ТГМО. –Ташкент. – Вып.4. –С.49-95.

Fazliddinovich, K. B., & Topvoldievich, P. R. (2018). Calculation of the outbreak discharges through a closure channel with trapezoid shape of cross-section. European science review, (7-8), 51-53.

Хергет Ю., Глазырин Г.Е. (2005). Предварительные результаты геоморфологического исследования плотины оз. Ихнач Верхнее (бассейн р. Пскем, Западный Тянь-Шань) летом 2003 г. Труды НИГМИ. – Ташкент. – Вып.5 (250). – С. 96-105.