NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Frazeologizmlar til leksikasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Frazeologik tizimning milliy-madaniy muammolari ko‘plab tadqiqotlarning obyektiga aylanib kelmoqda. Maqolada turg‘un birikmalarning gender xususiyati tahlilga tortilgan. Genderning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u fanlararo xarakterga ega bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilishi mumkin. Mazkur maqolada turg‘un birikmalarda gender masalasi muhokama qilingan. Maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi turg‘un birikmalar tanlab olingan va ulardagi gender xususiyatlar keng muhokama qilingan. Frazeologik birliklar va premiyalarni qiyoslashda tillararo lingvomadaniy farqlar yorqin ifodalanadi, chunki frazeologiya turli xalqlarning milliy obrazlarlarini, madaniy konseptlarini o‘zida aks ettiradi. Maqolada ayol va erkak konseptlari nemis va o‘zbek tillari turg‘un birikmalari misolida yoritib berilgan. Gender frazeologizmlar tahlil qilinganda atoqli ot qatnashgan, ammo mazmunida gender xususiyati mavjud bo‘lmagan frazeologizmlar o‘zbek tiliga qaraganda nemis tilida ko‘p ekanligi aniqlandi. Hayvon komponentli frazeologik birliklar nemis tilida ham, o‘zbek tilida ham talaygina. Lekin jinsni ifodalashda qo‘llanuvchi zooleksemali gender iboralar soni har ikki tilda ham kam. Nemis va o‘zbek tillarining turg‘un birikmalari tahlil qilinganida genderlik xususiyatlari ko‘proq maqollarda aks etishi aniqlandi. Maqolada taqqoslash, tasvirlash kabi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanildi
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Günther D, Werner S. Duden, Band 11: Redewendungen und sprichwörtliche Redensarten, Mannheim, Leipzig, Wien, Zürich: Dudenverlag, 1992. — 864 S. (Gunther D, Werner S. Duden, Part 11: Idioms and proverbial sayings, Manheim, Leipzig, Vienna, Zurich: Duden publisher, 1992. — 864 p).
Ismoiliy M. Farg‘onada tong otguncha. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. — 496 b. (Ismailiy M. Until dawn in Ferghana. Tashkent: generation of the new age, 2019. — 496 p).
Oybek. Oltin vodiydan shabadalar. — Toshkent: O‘zSSR Fan akademiyasi, 1976. — 543 b. (Oybek. Breezes from the golden valley. Tashkent: O‘zSSR Fan akademiyasi, 1976. — 543 p).
Oybek. Quyosh qoraymas. — Toshkent: O‘zSSR Fan akademiyasi, 1977. — 376 b. (Oybek. The Sun does not darken. — Tashkent: O‘zSSR Fan akademiyasi, 1977. — 376 p).
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi, 1978. — 407 b. (Rahmatullayev Sh. An explanatory dictionary of the Uzbek language. Tashkent: Teacher, 1978. — 407 p).
Sternkopf J. Gibt es geschlechtsspezifische Phraseologismen in der deutschen Sprache der Gegenwart? // Chronologische, areale und situative Varietaten. 1995. — 417 S. (Sternkopf J. There are gender-specific phraseologisms in contemporary German? // chronological, areal and situational varieties.1995. — 417 p).
Toshboev O. Ultontoz. — Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 2019. — 368 b. (Toshboev O. Ultontoz. — Tashkent: G‘ofur G‘ulom, 2019. — 368 p).