XITOZANNI EDTA YORDAMIDA MODIFIKATSIYALASH
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a124Kalit so‘zlar:
xitozan, etilendiamintetraatsetat kislota, modifikatsiya, N-atsil hosila, infraqizil spektr, rentgen fazaviy diffraktogramma, SEM tahlil.Annotatsiya
Xitozan va etilendiamintetraatsetat kislota (EDTA) o‘zaro ta’sirining mahsulotlari ko‘pincha qattiq va gidrogel membranalarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotda biz xitozan va EDTA o‘rtasidagi reaksiyani an’anaviy yuqori harorat va siljish deformatsiyalari talab qiluvchi qattiq fazadagi sharoitlardan farqli ravishda, eritma muhitida amalga oshirishni maqsad qildik.
Reaksiya birikish/eliminatsiya mexanizmi asosida kechib, aminoguruhlarning amid funksiyasi qayta tiklanadi hamda amidlar hosil bo‘ladi. Infraqizil spektrlari, rentgen fazaviy diffraktogrammalari va elektron mikroskopiya natijalari asosida xitozan hamda olingan mahsulot taqqoslanganda reaksiyaning еtarli darajada amalga oshgani aniqlandi.
EDTA bilan N-atsillanish mahsulotini olish uchun molekulyar og‘irligi 93,07 kDa, deatsetillanish darajasi 91,6 % bo‘lgan Eurygaster integriceps xitozanidan foydalanildi. O‘tkazilgan tajribalar natijasida xitozanning EDTA bilan N-atsillanish reaksiyasi uchun optimal sharoit 40 ºC haroratda 4 soat davomida olib borilishi ekanligi belgilandi. Ushbu sharoitda reaksiyaning mahsuldorligi 42,6 % ni tashkil etdi.
Adabiyotlar
1. Sh.Karimov, A.Xaitbayev. Xitozan ajratib olish usullarini optimallash. FarDU ilmiy xabarlar. 2022-yil 6-son. 472-475 b.
2. Sh.Karimov. Ikki asosli kislotalar bilan xitozan tuzlarini olish. Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan! FarDU, Respublika ilmiy-amaliy anjumani materillari, 2023-yil 25-aprel, 37-38 b.
3. C.З. Роговина, Г.А. Вихорева, Т.А. Акопова, И.Н. Горбачева, С.Н. Зеленецкий. Исследование взаимодействия хитозана с твердыми oрганическими кислотами в условиях сдвиговых деформаций // Высокомолекулярные соединения, Серия А, 1997, том 39. № 6, с. 941-946.
4. Bhaskar B., Namdeo Sh., Deshmukh S., Birudev K. Natural Polymers in Drug Delivery Development. Re-search Journal of Pharmaceutical Dosage Forms and Technology. 2014, vol. 6, no. 1, pp. 54-57.
5. Vishakha G.K., Butte K., Rathod S. Natural Polymers-A comprehensive Review. International Journal of Research in Pharmaceutical and Biomedical Sciences. 2012, vol. 3, no. 4, pp. 1597-1613.
6. Р.Р. Вильданова, Н.Н. Сигаева, Е.А. Фаянова, О.С. Куковинец, Н.М. Власова, С.В. Колесов. Интерполиэлектролитные гидрогели на основе хитозана и пектина. Вестник Башкирского университета. 2017. Т. 22. №1. C 72-75
7. А.А. Юсова, И.М. Липатова. Механоинициированное гелеобразование в растворах хитозана с низкой степенью деацетилирования. // Журнал прикладной химии. 2013. Т. 86. Вып.4. С. 585-592.
8. Р.Р. Вильданова, Н.Н. Сигаева, О.С. Куковинец, Н.М. Власова, С.В. Колесов. Модифицированные гиалуроновая кислота и хитозан для получения гидрогелей. Вестник Башкирского университета. 2016. Т. 21. №1. C 63-69.
9. Sh.Karimov. Oksalil xitozan sintezi. FarDU ilmiy xabarlar. 2024-yil 6-son. 143-149 b.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish
Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari
- , ANALYSIS OF THE DELIPIDATION STAGE OF THE EXTRACTION OF CHITHIN FROM NATURAL SOURCES , Scientific journal of the Fergana State University: № 6 (2024): FarDU ilmiy xabarlari jurnali ILOVA TO'PLAM (Aniq va tabiiy fanlar)
- , , ANALYSIS OF CHITIN EXTRACTION AND ITS DEACETYLATION PROCESS , Scientific journal of the Fergana State University: № 6 (2023): FarDU.Ilmiy xabarlar jurnali (Aniq va tabiiy fanlar)
- , , , SYNTHESIS OF NEW SCHIFF BASES OF GOSSYPOL WITH BENZIDINE , Scientific journal of the Fergana State University: № 4 (2022): FarDU ilmiy xabarlari jurnali
- , ANALYSIS OF THE PURIFICATION STAGE OF WATER-SOLUBLE SUBSTANCES IN THE EXTRACTION OF CHITHIN FROM CERTAIN INSECTS , Scientific journal of the Fergana State University: № 6 (2024): FarDU ilmiy xabarlari jurnali ILOVA TO'PLAM (Aniq va tabiiy fanlar)