ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA RANGNING G‘OYAVIY YO‘NALISHNI TASHKILLASHDAGI AHAMIYATI
Kalit so‘zlar:
rang, ramz, ifoda, badiiy g‘oya, badiiy makon, tushuncha, psixologik dramatizm, omil, vosita.Annotatsiya
Maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida rangning g‘oyaviy yo‘nalishni tashkillashdagi ahamiyati masalasi Shoyim Bo‘taevning “Qora tuman” hikoyasi misolida ko‘riladi. Tadqiqot davomida tarixiy-adabiy, genetik, qiyosiy-tarixiy, badiiy tahlil, tavsiflash usullaridan foydalaniladi. Hikoya syujetida to‘rt epizod o‘zaro qora rang vositasida bog‘lanadi. Muallif tomonidan “tanishtirilayotgan” qahramonning taqdiri tumanning rang ifodasi bilan bog‘lanishi orqali sodir bo‘lishi muqarrar fojiali taqdiridan darak beradi. Ta’kid orqali u tasavvurda yanada qat’iy o‘rinlasha boradi: birikmalarida qora rangning orttirma darajasi bilan birga takroriy, ta’kidiy qo‘llanishi leytmotiv sifatida keyingi fojiaviy manzaralardan darakchi bo‘lib keladi. Qora rangning ramziy – salbiy ifodasi psixologik dramatizmda aks eta boradi. Asarda qora rang nafaqat salbiy ifodada, balki ijobiy ramzni ham ifodalaydi. Shuningdek, qora rang timsolidagi ikki xil tushuncha qahramon ruhiyatidagi qarama-qarshiliklarga parallel ko‘chadi. Hikoyada rang yozuvchi g‘oyaviy mantig‘ini shakllantiruvchi muhim omil bo‘lib kelishi, bunda rangning ramziy ifodasi asardagi obraz va detallarni o‘z xususiyatiga xos ravishda badiiy makonda harakatlantirilishi aniqlanadi
Adabiyotlar
Гёте И.В.. К учению о цвете. Хроматика.//Очерк учения о цвете (отрывки). Чувственно-нравственное действие цветов.//Гете И.В. Об искусстве.–М.: 1975. // Goethe I.V. To the doctrine of color. Chromatics.//Essay on the doctrine of color (excerpts). Sensually-moral action of flowers.//Goethe I.V. On Art.–M.: 1975.
Суздальцева С.Н. Значение черного цвета в европейской эстетико-хроматической традиции. Дисс...канд. философских наук, – М.: 2010. // Suzdaltseva S.N. The meaning of black in the European aesthetic-chromatic tradition. Diss...cand. philosophical sciences, - M .: 2010.
Shoyim Bo‘taev. Qora tuman. Hikoya. ziyouz.uz/ozbek-nasri // Shoyim Botaev. Black fog. The story. ziyouz.uz/uzbek-nasri
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2023 Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish
Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari
- , Abduraxmonov Abiljon Abdusamatov FEATURES AND FUNCTIONS OF LIGHT IN A LITERARY WORK (BY THE EXAMPLE OF UZBEK LYRICS) , Farg'ona davlat universiteti Ilmiy xabarlar jurnali: № 3 (2024): FarDU ilmiy xabarlari jurnali (Ijtimoiy gumanitar fanlar)
- , THE POETIC FUNCTION OF LIGHT IN UZBEK LYRICS , Farg'ona davlat universiteti Ilmiy xabarlar jurnali: № 3 (2024): FarDU ilmiy xabarlari jurnali ilova to'plam (Ijtimoiy gumanitar fanlar)