KUZGI TUNLAM (AGROTIS SEGETUM) LICHINKALARI MORFOMETRIK O‘LCHAMLARINING OZUQA O‘SIMLIGIGA BOG‘LIQLIGI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada kuzgi tunlam (Agrotis segetum) lichinkalarining morfometrik belgilari – tana uzunligi va tana og‘irligining variatsiya koeffitsiyenti (CV) – ularning ozuqa o‘simliklariga (qizil lavlagi, sabzi, sholg‘om, turp) bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda lichinkalar populyatsiyasidagi genetik va fenotipik variatsiya, shuningdek, agrotsenozi sharoitida ularning rivojlanish dinamikasi statistik usullar (variatsiya koeffitsiyenti, tf, P qiymatlari) yordamida baholandi. Natijalarda qizil lavlagi, sabzi, sholg‘om va turp agrotsenozlarida tana uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchanlikning deyarli bir xil ekanligi, lekin tana og‘irligi bo‘yicha farqlar – ayniqsa, turp va sholg‘om ekinlari sharoitida sezilarli darajada yuqori o‘zgaruvchanlik kuzatilgani aniqlandi. Ushbu natijalar zararkunanda populyatsiyasining ekologik adaptatsiyasi, IPM konsepsiyasi doirasida monitoring va bashoratlash, shuningdek, fermer xo‘jaliklari uchun ekin tanlash va pestitsidlarni maqsadli qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Ёкубов А.А., Зокиров И.И. К вопросу об изучении процесса окукливания озимой совки (Agrotis segetum) // Научное обозрение № 4, 2024. –С. 15-19.
Лакин Г.Ф. Биометрия. – Москва: Высшая школа, 1990. – 350 c.
Yoqubov A.A. Kuzgi tunlam (Agrotis segetum (Denis & Schiffermüller) 1775) lichinkalari rivojlanishiga tuproq namligining ta’siri // FDU. Ilmiy xabarlar. -2024. -№3. –B. 522-525.
Zokirov I.I. Markaziy Fargonaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari faunasi va ekologiyasi: Biol.fan. dokt, diss. -Toshkent, 2019. - 200 b.