UGLERODLI XOMASHYOLAR ASOSIDA KO‘MIR ADSORBENTLAR OLISH VA ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada uglerodli homashyolar asosida ko‘mir adsorbentlar olish va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari oʻrganilgan. Tarkibida uglerod saqlagan xomashyolarga asoslangan uglerodli adsorbentlarni ishlab chiqarish usullari va texnologiyalarni yanada takomillashtirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda uglerodli adsorbentlarni mahalliy daraxt poyalari chiqindilaridan olish, jumladan terak va tol daraxti chiqindilaridan olish alohida ahamiyatga ega. Olib borilgan tadqiqot ishida ushbu homashyolar haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Massa yoʻqotilish egri chizigʻining keskin oʻzgarishiga toʻgʻri keladigan massaning sezilarli pasayishi ikkala homashyo uchun ham 210-300oC oraligʻidagi haroratda kuzatildi. Ogʻirlikning keskin pasayishi 500°C gacha boʻldi va bu haroratda ikkilamchi homashyolar tarkibida organik moddalarning parchalanishining eng yuqori koʻrsatkichlarda ekanligini koʻrish mumkin, hamda bunda massa yoʻqotishi taxminan 60-70% ni tashkil qiladi. Namunalarning namlik miqdorlari 3,5-5 % orasida va kullik miqdorlari esa 6-8% orasida ekanligi aniqlangan hamda muhokama qilingan. Koʻmir adsorbentlarning hosil boʻlish unumdorli, namlik va kullik miqdori uglerodli adsorbentlarga qoʻyilagan talablarga mos kelishi amaliy ahamiyatga ega.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Мухин В.М. (2003). Активные угли. Эластичные сорбенты. Катализаторы, осушители и химические поглотители на их основе (Номенклатурный каталог). М: Руда и металлы. – 208 с.
Кугатов П.В., Баширов И.И., Жирнов Б.С. (2015). Адсорбционное исследование микропористости карбонизованных саже-пековых гранул. Коллоидный журнал. М. 77.– № 4.– С. 464.
R.A.Payg‘amov. (2019). Daraxt poyalari asosida ko‘mir adsorbentlar olish va ularning adsorbsion xossalarini o‘rganish: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent UNKI 48 b.
M.I.Payg‘amova, G‘.M.Ochilov (2024). “Fizikaviy va kolloid kimyo fanlarining fundamental va amaliy muammolari hamda ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami Namangan. 1749-1751 b.