JUNDAN TAYYORLANGAN MATOLARNING SIFAT VA MIQDORIY TARKIBINI FIZIK-KIMYOVIY USLUBLARDA TADQIQ QILISH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Isroilova Xusnidaxon Vaxobjon qizi
Abdugʻaniyev Baxtiyorjon Yormaxamatovich

Annotatsiya

 Toʻqimachilik mahsulotlarini tuzilishi boʻyicha tahlil oʻtkazildi, ularning kimyoviy tarkibi yuzasidan tadqiqotlar amalga oshirilib tegishli xulosalar qilindi. Jun va ipak tolalari aralashmasidan tashkil topgan matolarning kimyoviy tarkibini aniqlash uslublarini ishonchliligini taʼminlash maqsadida bir qator usullardan foydalanildi. Usullardan foydalanish oddiydan usuldan murakkabga qarab oʻzgartirib borildi. Birinchi organoleptik, ikkinchi mikroskopik, uchinchi kimyoviy va toʻrtinchi IQ-Furye spkektrometrik usullardan foydalanildi. Organoleptik usulda tolalarning yonishidagi oʻziga xos xarakteristikalari koʻrsatib berilgan. Mikroskopik usulda jun va ipak tolalarining mikroskopik tasvirlari boshqa tolalar tasvirlari bilan solishtirilgan tarzda amalga oshirildi. Kimyoviy usulda jun va ipak tolalarining sifat va miqdoriy tarkibi kimyoviy usul, yaʼni jun tolasini tegishli erituvchida eritib olish hamda qoldiqni tadqiq qilish usuli bilan amalga oshirildi. Spkektrometrik usulda, ularning kimyoviy tarkibini aniqlash fizik-kimyoviy usul hisoblanmish IQ spektrlarini IQ-Furye uskunasining spektrlar bazasida mavjud boʻlgan spektrlar bilan solishtirish orqali amalga oshirildi. Maqolada ikki komponentli, yaʼni jun va ipak tolalaridan tayyorlangan mahsulotlarni sifat va miqdoriy tarkibi tadqiq qilinishining barcha bosqichlari keng ochib berilgan boʻlib tegishli xulosalar bilan mantiqiy yakunlangan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Kimyo
Mualliflar biografiyasi

Isroilova Xusnidaxon Vaxobjon qizi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti

Qoʻqon davlat pedagogika instituti doktoranti.

Abdugʻaniyev Baxtiyorjon Yormaxamatovich, Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti

Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti kimyo fanlari doktori, dotsent

Foydalaniladigan adabiyotlar

Yaponiya bojxona laboratoriyasi toʻqimachilik matolari va tolalarni tahlil qilish uslublar toʻplami.

“Reglament (YES) № 1007/2011 Yevropeyskogo parlamenta i Soveta o naimenovaniyax tekstilnыx volokon i sootvetstvuyuщey markirovke sostava volokon tekstilnыx izdeliy”

ISO / TR 11827: 2012 Textiles – Composition testing – Identification of fibres.

GOST 20566-75 Tkani i shtuchnыye izdeliya tekstilnыye. Pravila priyomki i metod otbora prob.

ISO 1833-1:2006 Textiles-Quantitative chemical analysis – Part 1: General principles of testing.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti 5310900-metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, toʻqimachilik va yengil sanoat) taʼlim yoʻnalishidagi bakalavriatura talabalari uchun “Istiqbolli toʻqimachilik materiallari” fanidan leksiyalar kursi.

Qomus. Info. Onlayn ensiklopediya.

Ushbu muallif(lar)ning maqolalari, eng ko‘p o‘qilgan