YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Zokirova Gulnora Mamajonovna
Yo‘ldashev Shohruh Bahtiyorjon o‘g‘li

Annotatsiya

Farg‘ona viloyatining Yozyovon hududi gerpitofaunasini o‘rganish maqsadida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bioxilma-xillikka boy bo‘lgan O‘zbekiston sudralib yuruvchilarini uzoq vaqtdan buyon o‘rganilmaganligi, tur tarkibi, muhofazaga molik turlarning hozirgi statistik holati haqida ma’lumotlarning yetishmasligi ularni atroflicha o‘rganish zaruratini ko‘rsatdi. Kuzatuv tadqiqotlarimiz natijasida “Yozyovon tabiat yodgorligi”da tangachalilar (Squamata) turkumiga oid ilonlar kenja turkumi ( Serpentes) ning ayrim vakillari qayd etildi. Xususan, suvilonlar oilasi (Colubridae)ga oid 2 tur: Suvilon ( Natrix tesellata Laurenti,1768.) va o‘q ilon (Psammophis lineolatum Brandt,1838.) namunalari ushlanib o‘rganilgan bo‘lsa, Bo‘g‘ma ilonlar oilasi (Boidae)ga mansub 2 tur: Sharq bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx tataricus Lixtenshteyn,1823.) va Qum bo‘g‘ma ilonchasi ( Eryx miliaris Pallas,1773) qayd etildi, o‘rganildi va muhofazaga olingan turlar bo‘lganligi sababli yana ochiq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Tangachalilar turkumining kaltakesaksimonlar (Lacertilia) kenja turkumiga oid 4 tur qayd etildi. Ular chiziqli kaltakesakcha (Eremias lineolata Nikolskii,1897), o‘rtacha kaltakesakcha (Eremias intermedia Strauch,1876 ), ildam kaltakesakcha (Eremias velox Pallas,1771) va tojik kaltakesakchasidir (Eremias regeli Bedriagai,1905).

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Biologiya
Mualliflar biografiyasi

Zokirova Gulnora Mamajonovna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, b.f.f.d (PhD

Yo‘ldashev Shohruh Bahtiyorjon o‘g‘li, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti magistranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Н.Б. Ананьева. Герпетологические исследования в Средней Азии и Казахстане: краткая история изучений рептилий, основные достижения и перспективы в XXI веке // Труды Института зоологии , 2021. – №1. – Cтр.7,18

J.L.Laxanov. O‘zbekistonning umurtqali hayvonlar aniqlagichi.

– Toshkent: "Fan va texnologiya", 2013 – 38-44 b.

D. A. Showler. A Checklist of the Amphibians and Reptiles of the Republic of Uzbekistan with a review and summary of species distribution . www.lacerta.de (murojaat etilgan sana: 12.10.2023)

Thomas Edward Martin, Mathieu Guillemin, Valentin Nivet-Mazerolles, Cecile Landsmann, Jerome Dubos, Rémy Eudeline, and James T. Stroud. The herpetofauna of central Uzbekistan // Amphibian & Reptile Conservation,2017. – №11. – P.97 .

Банников А.Г., Даревский И.С., Рустамов А.К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР. М. Мысль. 1971 г. – Cтр.415

The Reptile Database. https://reptile-database.reptarium.cz/species?genus=Eryx&species=miliaris&search_param=%28%28search%3D%27Eryx%27%29%29 (murojaat etilgan sana: 1.10.2022)

Global Biodiversity Information Facility https://www.gbif.org/species/5225739 (murojaat etilgan sana: 10.09.2022)

Internetional Union for the Conservation of Nature – IUCN. https://www.iucnredlist.org/species/164775/1074478 (murojaat etilgan sana: 07.09.2022)