MARKAZIY FARG‘ONA HUDUDIDA QAYD ETILGAN GERPETOFAUNA (REPTILIA)NING CHELONIA VA SERPENTES TURKUMI SISTEMATIKASI, MORFOLOGIYASI VA TARQALISH AREALI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Zokirova Gulnora Mamajonovna
Yo‘ldashev Shohruh Bahtiyorjon o‘g‘li

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi Markaziy Farg‘ona gerpetofaunasining xilma-xilligini o‘rganish va tarqalish arealini hududlar kesimida tahlil qilishdan iborat. Maqolada Markaziy Farg‘ona gerpetofaunasini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatining Yozyovon hududida 2023-yilning sentabr-oktabr oylarida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar natijalari taqdim etilmoqda. Kuzatuv tadqiqotlarimiz “Yozyovon tabiat yodgorligi”, Yangiobod cho‘llari va aholi yashash hududlarida olib borildi. Tadqiqot natijasida 7 oila 7 urug‘ga mansub 10 tur aniqlanganini ma’lum qilamiz:


1.Toshbaqalar — Chelonia turkumiga oid 1 tur:Cho‘l toshbaqasi (Testudo horsfieldi Gray, 1844);



  1. Ilonlar kenja turkumiga (Serpentes) oid 3 tur: suvilon (Natrix tesellata Laurenti,1768.) , o‘q ilon (Psammophis lineolatum Brandt,1838.) va sharq bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx tataricus Lixtenshteyn, 1823.);


Aniqlangan turlarning sistematik o‘rni aniqlagichlar, xalqaro bazalar ma’lumotlari va boshqa tadqiqotchilarning gerpetofaunistik kuzatuv ishlari natijalari bilan solishtirildi. Turlarning morfologiyasi o‘rganildi va morfologik belgilar taqdim etildi. Hududda qayd etilgan turlar ro‘yxati shakllantirildi va kordinatalar olindi (40.69N, 71.47E). Turlarning O‘zbekiston bo‘yicha tarqalish kordinatalari o‘rganildi va ularning tarqalish areali haqidagi dastlabki xulosalar taqdim etildi.Olingan natijalar sudralib yuruvchilar xilma-xilligi va ularning tarqalish areali haqidagi tasavvurlarni shakllanishiga imkon yaratadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Biologiya
Mualliflar biografiyasi

Zokirova Gulnora Mamajonovna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, b.f.f.d (PhD)

Yo‘ldashev Shohruh Bahtiyorjon o‘g‘li, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti magistranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Ananjeva N.B., Orlov N.L., Khalikov R.G., Darevsky I.S., Ryabov S.A. and Barabanov A. The Reptiles of Northern Eurasia: taxonomic diversity, distribution, conservation status. Pensoft Publishers, Sofia, Bulgaria, 2006 pp. 245. [Originally published in Russian, 2004].

Chorshanbievich Y. E. Herpetofauna of Dekhkanabad Forestry, JournalNX, A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 2021 №6(09), 213–216.

Shernazarov, E., and Jumayev, F. Transformations of the herpetofauna of South-Western Kyzylkum (Uzbekistan) under the influence of technogenesis. In E3S Web of Conferences Vol. 2021. 264, p. 01041. EDP Sciences.

Burak Aktag, Balkan Mega, Kerim Cicek . Distiribution and conservation status of snakes (Reptilia:Ophidia) in Uzbekistan //”Conservation of Eurasian biodiversity:Contemporary problems, solutions and perspevtives” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari. Andijon, 2023, 15-17 may,– B.231-234

J.L.Laxanov. O‘zbekistonning umurtqali hayvonlar aniqlagichi.– Toshkent: "Fan va texnologiya", 2013 – 38-44 b.

D. A. Showler. A Checklist of the Amphibians and Reptiles of the Republic of Uzbekistan with a review and summary of species distribution . www.lacerta.de (murojaat etilgan sana: 12.10.2023)

Thomas Edward Martin, Mathieu Guillemin, Valentin Nivet-Mazerolles, Cecile Landsmann, Jerome Dubos, Rémy Eudeline, and James T. Stroud. The herpetofauna of central Uzbekistan // Amphibian & Reptile Conservation,2017. – №11. – P.97 .

Банников А.Г., Даревский И.С., Рустамов А.К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР. М. Мысль. 1971 г. – Cтр.415

The Reptile Database. https://reptile-database.reptarium.cz/species?genus=Eryx&species=miliaris&search_param=%28%28search%3D%27Eryx%27%29%29 (murojaat etilgan sana: 11.10.2023)

Global Biodiversity Information Facility https://www.gbif.org/species/5225739 (murojaat etilgan sana: 15.11.2023)

Internetional Union for the Conservation of Nature – IUCN. https://www.iucnredlist.org/species/164775/1074478 (murojaat etilgan sana: 27.09.2023)

Ushbu muallif(lar)ning maqolalari, eng ko‘p o‘qilgan

1 2 > >>