The article examines the history of the Uzbek mountain-cavalry division, its establishment, and its role in the history of military work in Uzbekistan. Also, in the article, the importance of works of art such as fiction, film, and paintings in illuminating historical figures and processes, the interpretation of the image of Mirkomil Mirsharopov, the only commander of the Uzbek mountain-cavalry division, who belongs to the famous Uzbek nationality, in works of fiction, cinema, art, and paintings, the artistic and its embodiment in cinematographic works and painting samples is analyzed.
References
9-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi – 1921-yilning fevralida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi 1-Buxoro otliq polki negizida otliq divizioniga aylantirilishi bilan asos solingan. 1932-yil 1-oktyabrdan 6-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi, 1936-yilning 21-mayidan esa 19-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi nomi bilan yuritila boshlangan. 1940-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, diviziya tarkibiy jihatdan 4049 kishidan iborat boʻlib, shundan 382 kishi komandir), 603 kishi – kichik komandir, 3064 kishi esa oddiy askar boʻlgan. 1937-1938-yillarda SSSR amalga oshirilgan ommaviy qatagʻonlar vaqtida Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi ofitserlik tarkibining katta qismi qatagʻonga uchrab, koʻzga koʻringan professional harbiy mutaxassislaridan ajraladi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, 1941-yilning iyul oyida urushning dastlabki janglarida ishtirok etgan diviziya juda katta talafotlar koʻradi hamda shu talofat sabab bilan butunlay tarqatib yuboriladi // Bu haqida qarang: Radjapov E.G. Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi tarixidan. Oʻzbekiston Milliy universiteti xabarlari. №1/2. 2015. –B.32-40.
“Qizil yulduz” – Oʻzbek togʻ-otlik diviziyasining nashri. Turkiston fronta shtabining harbiy boʻlimi tomonidan 1925-yildan Toshkent shahrida chikarilgan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida gazetaning 1927-yil 8, 10, 17 sonlari saqlanib qolgan, Rossiya Davlat kutubxonasi (RGB)da 1925-1936-yillardagi soni toʻliq saqlanmokda.
“Yer yuzi” – hozirgi “Guliston” jurnalining 1925-1931-yillardagi nomi.
“Qizil Oʻzbekiston” – 1924-yil 5-dekabrdan Toshkent shahrida chiqa boshlagan siyosiy-ijtimoiy gazeta. 1924-yil dekabrgacha “Turkiston” nomi bilan nashr etilgan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy Arxivi (OʻzMA) va “Turon” axborot-resurs markazida saqlanmoqda.
Mirkomil Mirsharopov (1900-1938) – harbiy arbob. Avliyoota (hozirgi Taroz) shahrida tugʻilgan. Rus-tuzem maktabini tugatgan (1914). 1917-yilda Toshkentga koʻchib kelgan. Xorazm Xalk Sovet Respublikasi harbiy noziri (1921), nozir muovini (1924). U XXSRda milliy qoʻshin tuzishga alohida eʼtibor karatdi. Moskvadagi harbiy akademiyada oʻqidi (1925-1929). 19-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi qoʻmondoni va komissari (1932-1935). 1938-yilda “xalq dushmani” sifatida nohaq otib tashlandi. Bu haqida qarang: Radjapov E., Yoʻldoshev A. Qoʻmondonning maʼshum taqdiri // Tarixning nomaʼlum sahifalari: ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, xotiralar. 6-kitob. – Toshkent: “UNLIMITED PRINT”. 2017. –B.104-118.
Ikromov Akmal Ikromovich (1898-1938) – 1898-yilda Toshkent shahrining Toshkentning Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), “Izchilar toʻdasi” va “Chigʻatoyg urungi”aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr — 1937-yil sentabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining Oʻrta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937). 1937-yil sentyabrda Toshkentda qamoqqa olinib, sovetlarga qarshi “Oʻng troskiychi blok” deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblandi va otib tashlandi // Oʻzbekistonning yangi tarixi. Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000. – B.324
.Икрамов К. Караваны уходят - пути остаются. Повесть. – Ташкент: Гослитиздат УзССР, 1962. 132 с.
Shayxzoda Maqsud. Oʻzbek diviziyasi marshi // Qizil Oʻzbekiston. 1933yil 23-fevral. 45-son. – B.3.
Bolot Beyshenaliyev (1937-2002) – qirgʻiz kino va teatr aktyori. 1937-yil 25-iyunda Qirgʻizistonning Toktagul tumani Toʻrtkoʻl qishlogʻida tugʻilgan. 1957-yilda Qirgʻiz opera va balet teatri huzuridagi studiyani, 1963-yilda esa Toshkent teatr va rassomlik instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1963-yilda “Qirgʻizfilm” studiyasida rejissyor yordamchisi sifatida boshlagan. Aktyor faoliyati davomida 30 dan ziyol davlatlarning kinostudiyalari tomonidan ishlangan filmlarda turli rollarni ijro etgan. 1994-yilda Qirgʻiziston xalq artisti unvoni bilan mukofotlangan. Aktyor ijodiy faoliyati davomida Chingizxon, Abay, Mirkomil Mirsharopov kabi tarixiy shaxslarni gavdalantirgan. 2002-yil 18-noyabrda vafot etgan // Бейшеналиев Болот // https://open.kg/about-kyrgyzstan/famous-personalities/cinematographers-of-soviet-kirghizia/33069-beyshenaliev-bolot.html
Saidkomil Umarov – 1946-yil 2-noyabrda Toshkentda tugʻilgan. 1969-yilda “Oʻzbekfilm” qoshidagi teatr studiyasini, 1971-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutining “Teatr va kino aktyori” fakultetini tugatgan. Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan edi. H.Fayziyevning “Oy borib, omon qayt” (1969) badiiy filmidagi Elmurod u yaratgan dastlabki obraz boʻldi. S.Umarov institutni bitirishi bilanoq Olim Xoʻjayev taklifiga binoan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)ga aktyor sifatida ishga qabul qilindi. Aktyor ijodiy faoliyati davomida kino va teatr sahnasida Mahmud Koshgʻariy, Alisher Navoiy, Ismoil Gaspirinsiy, Mirkomil Mirsharopov kabi tarixiy shaxslarni gavdalantirgan. Aktyor 2000-yilda “Oʻzbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi // Saidkomil Umarov // https://www.milliyteatr.uz/truppa/akterlar/88-saidkomil-umarov.html
Batal janri – (французча bataille – jang) – tasviriy sanʼatning urush va harbiy hayot mavzularini aks ettirishga bagʻishlangan janri hisoblanib, jang koʻrinishlari, harbiy yurishlar, qurolli kuchlarning hayotini tasvirlash batal janrida asosiy oʻrinda turadi. Aniq jang lavhasini ifodalash, uning mazmunini ochib berilishi bu janrni tarixiy janrga yaqinlashtiradi // Abdullayev N. Batal janri // Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti, 2000. – B.646.
Самарканд: ступени роста // Журнал “Архитектура и строительство Узбекистана”; №1 1985 г. -С.16.
RGASPI (Rossiya Davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi). 17-fond, 171-roʻyxat, 418-ish, 115-varaq.
Xorazm Respublikasi tashkil topgach, M.Mirsharapov 1921-yil 15-avgustda respublika harbiy kengashi raisi va harbiy noziri etib tayinlandi. Shu bilan birga 1920-1923-yillarda 1-Xorazm otliq polkining koʻmondoni, respublika harbiy noziri sifatida ham faoliyat olib bordi. U 1920-yilda 500 dan ortiq mahalliy millat vakillarini oʻzida jamlagan eskadron tuzishga muvaffaq boʻladi (RGVA (Rossiya Davlat Harbiy arxivn), 40814-fond, 1-roʻyxat, 5-ish, 88-varaq). Shuningdek T.Qirgʻizov va M.Mirsharopovlar tomonidan Xorazmda alohida oʻqchi batalyon va otliq polk tashkil etildi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, T.Qirgʻizov va M.Mirsharopov saʼy-harakatlari bilan tashkil etilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi qoʻshini milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan keyin tashkil topgan Oʻzbekiston SSR milliy harbiy qismlarini shakllantirish uchun asos boʻlgan Bu haqida qarang: Radjapov E., Yoʻldoshev A. Qoʻmondonning maʼshum taqdiri // RGVA (Rossiya Davlat Harbiy arxivn), 40814-fond, 1-roʻyxat, 5-ish, 88-varaq.
Xorazm viloyati xalq deputatlari Shovot tumani kengashining “Shovot tumanidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisida” 19-64-son qarori // https://lex.uz/docs/3039250