TARKIBIDA FERROTSEN HOSILALARI SAQLOVCHI SUYUQ AZOTLI MINERAL O‘G‘ITLARNING O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Askarov Ibrokhim Rakhmonovich
Khozhimatova Dilnoza Sultonmurodovna

Annotatsiya

Maqolada respublikamizda qishloq xoʼjaligi ehtiyojlari uchun zarur boʼlgan, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirish va ularning assortimentini kengaytirish, jumladan, azot, fosfor, kaliy va ayrim mikroelementlar tutgan oʼgʼitlar ishlab chiqish boʼyicha muayyan ilmiy va amaliy natijalar hamda, ferrotsen hosilalarining suvda eruvchan biologik faol birikmalarini sintez qilish va ular asosida tarkibida oʼsimliklarning oʼsib rivojlanishida muhim oʼrin tutuvchi mikroelementlar saqlovchi suyuq oʼgʼitlar olish boʼyicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari KАS va ferrotsen hosilalarini suvda eruvchan tuzlari asosida olingan yangi suyuq azotli oʼgʼitlarining biostimulyatorlik xossalari dala amaliyotida gʼoʼza va bugʼdoy  oʼsimliklarining oʼsishi va rivojlanishida otkazilgan sinovlari hamda ushbu oʼsimliklar uchun yangi suyuq azotli oʼgʼitlarning qoʼllashning  maqbul meʼyorlari aniqlandi. 2019-2021 yillardagi fenologik kuzatuv natijalariga koʼra “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti bilan ishlov berilgan oʼsimlikdagi fiziologik jarayonlar bilan birga biokimyoviy jarayonlar ham maqbullashganligi, “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti tarkibidagi mikroelementlar va oʼsimlik bargida azot, fosfor va kaliy miqdorini ortishi tufayli hosildorlikni oshirishdan tashqari oʼsimlikni zararkunanda hasharotlarga chidamliligini ham kuchayganligi, suyuq azotli o‘g‘itlarning bug‘doy va g‘o‘za o‘simliklarining bargi orqali qo‘shimcha oziqlantirish orqali o‘tkazilgan dala sinovlari natijalari keltirib o‘tilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Kimyo
Mualliflar biografiyasi

Askarov Ibrokhim Rakhmonovich

Doctor of Chemistry, Professor of Andijan State University

Khozhimatova Dilnoza Sultonmurodovna

Senior teacher, Andijan State University

Foydalaniladigan adabiyotlar

Хожиматов М.М., Асқаров И.Р. Ферроцен асосида биостимуляторлар олиш // Илмий хабарнома. Андижон.- 2015.-№3. -Б. 27-29.

Мўйдинов Н.Т., Холбоев Ю.Х. Ферроцен асосида биологик фаол моддалар яратиш истиқболлари ва уларни сертификатлаш муаммолари // Товарларни кимёвий таркиби асосида синфлаш ва сертификатлаш муаммолари ва истиқболлари: Илмий-амалий конф. Материаллари. -Андижон, 2008. –Б. 103.

Хожиматов М.М., Камолова Г. Ferrotsen hosilalarini biologik faolligini o‘rganish // Ўзбекистонда биотехнологиянинг ривожланиши ва истиқболлари: Республика илмий анжуман материаллари. –Андижон., 2012. –Б. 101-103.

Асқаров И.Р., Хожиматов М.М. Расулова М.М. Металлоценлар асосида олинган биостимуляторларнинг афзалликлари // Ноъананавий кимёвий технологиялар ва экологик муаммолар: Илмий-амалий конф. материаллари. -Фарғона, 2015. –Б. 338-339.

X.Ch.Mirzakulov, I.T.Shamshidinov, Z.To‘rayev. Murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari. –Т.: Tafakkur bo‘stoni, 2013. – Б. 186.

Крамарёв С.М., Крамарёв А.С., Демиденко В.Г., Хорошун К.А., Песоцкий С.С., Бондарь В.Ю., Рубан С.М., Цуркан К.П. Қишлоқ хўжалиги экинларини замонавий ўғитлаш тизимларида карбамид-аммиак аралашмаларидан (КАА) фойдаланишнинг иқтисодий самарадорлиги.// Украина талим ва фан вазирлиги Днепр давлат аграр «Green soil agro chemical company» –Т.:2020. – Б. 106.

Санақулов А. КАС ўғити азотининг пахта ҳосилига таъсири. // Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги журнали. – 2012. - №10. 24 –Б.

Ushbu muallif(lar)ning maqolalari, eng ko‘p o‘qilgan