IDIOSTIL VA STILISTIK KONVERGENSIYA MUNOSABATINING LINGVOPOETIK TADQIQI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada keyingi yillarda tilshunoslikda yuzaga kelgan lisoniy hodisalar tadqiqiga yangicha yondashuvlar haqida ma’lumot berish bilan birga, zamonaviy yo‘nalish va tahlil metodlaridan biri hisoblangan antropotsentrik yondashuvga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bunda muallifning o‘ziga xos nutq yaratish uslubi – idiostili antropotsentrik yondashuv mahsuli sifatida baholanadi. Lisoniy vositalarini uslubiy tahlil etishda ularning nutq ichida ma’lum bir maqsad uchun funksionallashuvi, so‘z qo‘llash meyorlari, sintaktik qurilmalarning o‘ziga xos tarzda shakllanishiga e’tibor bermay, bayon uslubiga diqqat qaratmay turib, muallif idiostilini aniqlab bo‘lmasligi, muallif idiostilini aniqlash tilshunoslikning barcha tadqiqot metodlaridan unumli foydalanib, unga turli aspektlarda yondashishni taqozo etishi, chunki muallif idiostilida ona tilining lingvistik vositalari tizimi kompleksi to‘la aks etishi, shu bilan birga, muallif idiostili tilni yangi birlik va vositalar bilan boyishi uchun manba bo‘lib ham xizmat qilishi dalillanadi. Shuningdek, sintaktik-stilistik vositalardan bir nechtasining birgalikda qo‘llanishi natijasida stilistik konvergensiya hosil bo‘lishi, bu hodisa muallif idiostilining bir belgisi sifatida qaralishi va bunda nutq tarkibidagi stilistik o‘zgarishlar hamda nutqning badiiy estetik funksiyasiga ta’siri masalalari haqida fikr yuritiladi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Стилистический энциклопедический словарь русского языка. Под ред. Кожиной М. Н., 3-е изд., испр. и доп. - М.,2022. С.95-96.
Abdupattoev M.T.The role of occasional units ni the formation of the avtors’s ideological stile. // INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY. IBAST 2023. Volume 3, Issue 8, August P 186-190. https://doi.org/10.5281/zenodo.8278262
Арнольд И. В. Стилистика. Современный английский язык: Учебник / 4-е изд., испр. и доп. – М.: Флинта: Наука, 2022, - C 304.
Riffaterre V. Criteria for Style Analisis // Word. – April 1959. №1. - P 15-18.
Винокур Т. Г. Говорящий и слушающий: Варианты речевого поведения / Изд. 4-е. – М.: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2019. – C 176.