JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishning sotsial jihatlari Janubiy O‘zbekiston misolida tadqiq etilgan. Maqsaddan kelib chiqqan holda, mintaqa shaharlar to‘ri, tarkibi va iyerarxiyasi bilan xizmatlar sohasi o‘rtasidagi aloqadorlik ochib berilgan. Ya’ni, ijtimoiy sohalar rivojlanib borishi shaharlarning yiriklashuviga xizmat qilish bilan birgalikda, shahar joylar aholi sonidan kelib chiqqan holda o‘zlarida eng muhim va yirik xizmatlar majuini jamlagan.
Urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishida sotsial sohalarning ta'sirini o‘rganish, shaharlar iyerarxiyasiga mos tarzda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining sifat va miqdor jihatdan kengayib borishini tahlil qilish, ijtimoiy sohalarni shahar hosil qiluvchi omil sifatida Janubiy O‘zbekiston misolida o‘rganish ishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Maqolaning uslubiy asosini kompleks yondoshuv tashkil etib, bunda geografik taqqoslash, tizim-tarkib, tarixiy, statistik, matematik, hududiy tahlil kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqot ishi maxsus ilmiy adabiyotlar, kartografik manbalar bilan bir qatorda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari statistika boshqarmalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida amalga oshirilgan.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari – savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimi keltirilgan aholi punktlari, ya’ni markaziy o‘rinlarda turli darajada joylashtiriladi. Bu joylarning har birini o‘ziga xos va o‘ziga mos ta’sir, xizmat ko‘rsatish doirasi bor. Bu borada, shaharlar o‘ziga xos ma’muriy (viloyat va tuman markazlari) va iqtisodiy (yirik sanoat ishlab chiqarish obyektlari, transport tugunlari) “poytaxt” vazifasini bajarish bilan bir qatorda o‘sha hududning ijtimoiy sohalar majmuining markazi ham xisoblanadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Доманьский Р. Экономическая география: динамический аспект. – М.: Новый хронограф, 2010. – 376 с. (Domanski R. Economic geography: dynamic aspect. – M.: New Chronograph, 2010. – 376 p.)
Межевич М. Н. Социальное развитие и город. – Л.: Наука, 1979. – 176 с. (Mezhevich M. N. Social development and the city. – L.: Nauka, 1979. – 176 p.)
Назаров М. И., Тожиева З. Н. Ижтимоий география. – Т., 2003. – 92 б. (Nazarov M. I., Tojieva Z. N. Social geography. - T., 2003. - 92 p.)
Солиев А., Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси). Т.: “Fan va texnologiya”, 2009. – 212 б. (Soliev A., Nazarov M. Villages of Uzbekistan (Geography of rural areas). T.: " Fan va texnologiya ", 2009. - 212 p.)
Қурбонов П.Р. Жанубий Ўзбекистонда урбанизация жараёнлари. Монография. -Т.: «МUMTOZ SO`Z». 2019 йил. – 180 б. (Kurbanov P.R. Urbanization processes in South Uzbekistan. Monograph. -T.: " МUMTOZ SO`Z ". 2019 year. - 180 p.)
Олий таълим муассасалари рўйхати (egov.uz) https://data.egov.uz/data/6102947d2a2e256d868e8365 (List of higher education institutions(egov.uz) https://data.egov.uz/eng/data/6102947d2a2e256d868e8365