“Layli va Majnun” dostonining na’t bobida an’ana va poetik yangilanish

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

SHAHLOLA SAFAROVA

Annotatsiya

Мaqolada Alisher Navoiy ijodida alohida  o`rin egallaydigan “Xamsa” dostonlaridan biri bo‘lmish “Layli va Majnun”  tarkibidagi  na’t bobi g`oyayaviy-badiiy tahlilga tortilgan. Bunda germenevtik va analitik tahlil metodlaridan foydalanildi. Sharq mumtoz adabiyotidagi an’anviy boblar (hamd, na’t, munojot)dan biri bo‘lgan na’t (arab. –maqtov, ta’rif) bobi payg‘ambar(lar) sha’niga aytiladigan maqtov so‘zlardan iborat bo‘ladi. Dostonda ikkita na’t bobi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning nubuvvat olamining toji, payg‘ambarlarning so‘z so‘zlashda eng mohiri ekanliklari haqida bo‘lsa, ikkinchisi hech qaysi avliyo-yu anbiyoga nasib etmagan, faqatgina Payg‘ambarimizga tuhfa etilgan mo‘jizaviy “me’roj” tuni haqidadir. Ikkala bob ham dostonning umumiy mazmun mundarijasi bilan uzviy bog‘liq. Tahlil davomida misralarda keltirilgan fikrlarning manbalari, ya’ni Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, tasavvuf ta’limoti bilan bog`liq jihatlarga e’tibor qaratiladi. Doston tarkibidagi she’riy satrlar  nasriy bayon qilinib, tahlilga tortildi.  Na’t bobi tahlilga tortilar ekan, o`zbek kitobatchilik tarixida maxsus an’ana (an’anaviy kirish boblar: basmala, hamd, munojot, na’t) larning shakllanishi haqida ham fikr yuritiladi. Maqolada shoirning badiiy mahoratiga ham baho beriladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Adabiyotshunoslik
muallifning biografiyasi

SHAHLOLA SAFAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Alisher Navoiy. MAT. 20 jildlik.9-jild: Layli va Majnun. - T. “Fan” 1991.

Alibek Rustamov “Navoiyning badiiy mahorati”T:.1979.

Karomat Mullaxo‘jayeva “Alisher Navoiy g‘azaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy san’atlar uyg‘unligi”.-T: “Akademnashr” 2019.

Nurboy Jabborov “Maoniy ahlining sohibqironi” – Toshkent.”Adabiyot” 2021.

Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. - T.: Toshkent islom universiteti nashriyoti, 2001.

R. Vohidov. Navoiy va ilohiyot. “Buxoro” nashriyoti, 1994.

Xoja Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”.T: "Movarounnahr" 2004