ZOONIM FRAZEOLOGIZMLAR XALQ TARIXI VA MADANIYATI IN’IKOSI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Tarixni o‘rganishda uzoq o‘tmishdan guvohlik beruvchi turli vositalar—tarixiy asarlar, yodgorliklar, obidalar, xalq afsonalari, bitik toshlari, uy-ruzg‘or buyumlari tarixiy ashyoviy dalillar sifatida qo‘llanadi. Shunday omillardan biri bu hayvon tasviridagi g‘or rasmlari hisoblanadi. Ma’lum bir xalqning tarixiy hayotini o‘rganish, uning qadimiy turmush tarzi, faoliyati, dunyoqarashi, psixologiyasini o‘rganishda g‘or rasmlari muhim rol o‘ynaydi.
Uy va yovvoyi hayvonlar insoniyat tarixida mehnat vositasi, inson yordamchisi va qo‘riqchisi, tirikchilik mahsuloti, uni turli mahsulotlar bilan ta’minlovchi omlillar bo‘lishi bilan birga, xalq o‘tmishi, tarixi, madaniyati va turmush tarzidan ham darak beruvchi vosita hisoblanadi.
Ushbu maqolada hayvonlarning dunyo tarixi va madaniyatida qanday ramziy maʼno ifodalanishi, turli xalqlarning tarixidan darak beruvchi afsonalari, gʼor rasmlari, milliy urf-odat va anʼanalari misolida yoritib beriladi. Turli ilmiy qarashlar va dalillarga asoslangan holda keltirilgan ma’lumotlarda real hayotdagi haqiqiy hayvonlar va inson tasavvuridagi mifologik hayvonlar azaldan odamlarning ongi va turmush tarziga chuqur kirib ketganiga guvoh bo‘lamiz. Darhaqiqat, turli xalqlar milliy valyutasida va qadimgi tangalarda zarb etilgan, qadimgi obidalar peshtoqlarida, g‘orlar ichidagi hayvon tasvirlari, diniy qarashlar va xalq mifologiyasidagi hayvonlar obrazi ma’lum bir tarixdan so‘zlaydi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
LEWIS-WILLIAMS, J. David. Mysl v jeskyni: vědomí a původ umění. Praha: Academia, 2007. Galileo, S.278
SVOBODA, Jiří A. Počátky umění. Praha: Academia, 2011, S. 17
SVOBODA, 2011, S. 20
vgl. O‘CONNELL, AIREY, 2008, S. 121
vgl. SAUNDERS, Nicholas J. Mytická síla zvířat. Praha: Knižní klub, 1996. Magie, tradice, současnost, S. 74
Доминика Крежкова. Phraseologie und Tiersymbolik. Dargestellt an Phrasemen mit den Komponenten Hund, Pferd und Löwe im Deutschen und Tschechischen. Брюн-2018.
DONALIES, Elke. Basiswissen Deutsche Phraseologie. Tübingen: A. Francke, 2009. 126 s. ISBN 9783825231934.