AVESTA YASHTLARIDA MITRANING SIFATLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqola zardushtiylik ilohiyot tizimining samoviy mavhum timsollardan biri Mitra va uning funksiyalariga bagʻishlangan. Mitraning sifatlari — qudratli hukmdor, goʻzal notiq, qomati tik, boʻydor, osmoniy bilimdon, jangovar qurollar egasi, savobordor va har ishga qodirligi badiiy tasvirlar bilan ochib berilgan.
Maqolada Zardusht yagona parvardigor mavjudligini eʼlon qilib, odamlar hamma narsaga qodir ilohiy mavhum zotni tasavvur qilishlari qiyin boʻlgan davrda Ahura Mazda Mitraga imon va eʼtiqod qoʻriqchisi sifatida dindan qaytganlarni jazolash vazifasini yuklaganligi ilmiy tahlil qilingan. Mitra imonli mamlakatlarni ulkan zafarlarga yoʻllaydi. Ahdida turmas yurtlarni yuzini baxtdan teskari qiladi, erishgan zafarlarini toʻzdiradi. Mitra yuz ming tuman koʻzli zotdir. Mitraning ellik zarbda yuz yovni, yuz zarb bilan ming yovni, ming zarbida esa ming tuman yovni, ming tuman zarbda son-sanoqsiz yovni yoʻq qilishi kabi sifatlari, barcha yolgʻonlarning sababchisi devlar boshiga qiron solishi, bitim xoinlarining boshlarini yanchib, Haq yoʻlidagi yurtni ulugʻlikka chorlash kabi funksiyalari VII asr oxiri — VIII asr boshiga oid soʻgʻd yozma yodgorliklari misolida dalillangan.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. / Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001. - 384 b. (Avesta. A Historical and Literary Monument. / Translation by Askar Mahkam. – T.: Sharq, 2001. - 384 s.).
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. / Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001. - 384 b. (Avesta. A Historical and Literary Monument. / Translation by Askar Mahkam. – T.: Sharq, 2001. - 384 s.)
Avesto. Yasht kitobi. M.Ishoqov tarjimasi. – T.: Sharq, 2001. – B.20. (Avesta. The Book of Youth. Translation by M. Iskhakov. - T.: Shark, 2001. – S.20.)
Aliyev I. Istoriya Midii. – Baku: Izd. AN. Azerb.SSR, 1960. - 361 s. (Aliyev I. History of Midia – Baku: Publishing house of the Academy of Sciences. Azerbaijan SSR, 1960. - 361 s.)
Boys M. Zoroastrisы. Verovaniya i obыchai. – M.: Nauka, 1988. – S.7. (Boyce M. Zoroastrians. Beliefs and customs. – Moscow: Nauka, 1988. – S.7.)
Vasilyev L.S. Istoriya religiy Vostoka. – M.: Knij. dom. Universitet, 1999. - 432 s . (Vasilyev L.S. History of the Religious East. – Moscow: University Book House, 1999. - 432 s.)
Gafurov B.G. Istoriya tadjikskogo naroda. T.I. – M.: Polit. lit., 1949. - 475 s. (Gafurov B.G. History of the Tajik people. T.I. – M.: Polit.lit., 1949. - 475 s.)
Dyakonov M.M. Vostochnыy Iran do Kira. // Istoriya iranskogo gosudarstva i kulturы. – M.: GRVL., 1971. – S.122-154. (Diakonov M.M. East Iran up to Cyrus. // History of the Iranian state and culture. – M.: HRVL. 1971. – S.122-154.)
Jabborov I. Antik madaniyat va ma’naviyat xazinasi. – T., 2000. – B.8. (Jabbarov I. The treasures of ancient culture and spirituality. – T., 2000. – S.8.)
Jo‘rayev Sh. Avestaning Yashtlarida ma’budlar. – T.: TDSHI, 2009.- 34 b. (Juraev Sh. Gods in the Yashtas of Avesta. - T: TDSHI, 2009. - 34 s.)
Is’hoqov M.M. Unutilgan podsholiklardan xatlar. – T.: Fan,1992. -57 . (M.M. Iskhakov. Letters from the Forgotten Kingdoms. - T.: Nauka, 1992. -57.)
Is’hoqov M. Davlatchilik tariximizning ma’naviy asoslari. // Ta’lim muammolari, 2006. - №1. – B.19. (M.M. Iskhakov. Spiritual foundations of our history of statehood. // Educational problems, 2006. - №1. – S.19.)
Steblin - Kamenskiy M.I. Mif. – M.:Nauka, 1964. - 147 s. (Steblin - Kamensky M.I. Myth. - M.: Nauka, 1964. - 147 s.)
Sogdiyskiye dokumentы s gorы Mug. Vыp. II. Yuridicheskiye dokumentы i pisma. Chteniye, perevod i kommentarii V.A.Livshisa. – M.: 1962. – S. 22-26. (Sogdian documents from Gori Mug. Vol. II. Legal documents and letters. Reading, translation and comments by V. A. Livshits. A. Livshits. – M.: 1962. - S. 22-26.)
Urazova R.T. Zardushtiylikdagi ma’budalarning tarixiy-ijtimoiy tahlili. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013. - 146 b. (Urazova R.T. Socio-historical analysis of goddesses in Zoroastrianism. – T.: National Encyclopedia of Uzbekistan, 2013. - 146 s.)
Urazova R. Ameshaspentals meshaspentals und ihre funktionsanalyse in Avesta Asha-Vahishta und Vahu-Mana. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities ISSN 2749-0866. Vol.2 Issue 1.7. – P.37-46.