TALABADA MUSIQA TA’LIMI JARAYONIDA KREATIV QOBILIYATINI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Iskander Jumaniyazov

Annotatsiya

Zamonaviy jamiyat ijodkor, faol insonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ijodkor shaxsni shakllanishi borasidagi izlanish dolzarb bo‘lib, fan rivojida empirik izlanishlarning ilmiy-nazariy tadqiqot muhim yo‘nalishga aylandi. Zamonaviy tez o‘zgarayotgan vaqt, yosh avlodni faol, kreativ, ijtimoiy-dinamik rivojlanishida psixologik muammolarni qidirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, talabalik davrida shaxsning kreativ rivojlanishi ijodga bo‘lgan qobiliyati kuchayadi. O‘quv jarayonida bo‘lajak ijodkorning shaxsi shakllanib, instrumental ko‘nikmalar paydo bo‘ladi. Shu tariqa yaxshi ijrochilar, ijodiy shaxslar paydo bo‘ladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining 60211500 - «Xalq cholg‘ulari» (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining “Mutaxassislik” fani dars jarayonida talabaning kreativ qobiliyatini aniqlash tadqiqot obyekti bo‘lib, asosan musiqa san’atida «Ustoz-shogird» metodi katta rol o‘ynaydi. Shu orqali talabalarda ko‘nikma hosil qilish yo‘lga qo‘yilgan.


Bugungi kunda yurtimizda zamonaviy ta’lim tizimini barpo qilishda dunyo standartlariga xos bo‘lgan yangi texnologiyalar, yangi metodlar ishlab chiqilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta’kidlaganidek, “Ma’naviyatning bir qanoti – ta’lim va tarbiya bo‘lsa, ikkinchi qanoti – madaniyat va san’atdir” [1]– deb bejizga ta’kidlamaganidek, ta’lim sohasidagi bugungi kunda amalga oshirilgan islohatlar, yangilanish-u, taxnologiyalar, IT-parklarning faoliyat yuritayotgani, albatta yoshlar siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dololat beradi.


Musiqa deganimizda eng avvalo ko‘z o‘ngimizga, katta-katta sahnalardagi orkestrlar ijrosidagi sanʼat asari keladi. Tug‘ilganimizdan boshlab biz bilan hamohang bo‘lib kelayotgan bu g‘ayrioddiy neʼmatni, inson psixologiyasi va ongiga taʼsirini hali-hanuz hech bir olim tushuntirib bera olmaydi. Sharqning ulug‘ olimi Abu Ali Ibn Sino o‘zining «Kitobiy shifo» asarida bola tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib, musiqaning ahamiyatini quyidagicha taʼriflaydi [2, 174].


Musiqa qanday paydo bo‘ladi, A.F.Losev taʼlimotida musiqa mavjudligining sharti – akustik to‘lqindir va uning parametrlari fizika fanining akustika bo‘limida o‘lchanadi inson musiqaga ehtiyoj sezgani uchun uni yaratadi - deb ta‘kidlab o‘tgan [3, 195-232]. Biz qattiq stress, tushkunlikka tushgan paytimiz, quvongan paytimiz, yolg‘iz qolgan paytimizda bizni o‘zining sehri bilan yupatuvchi, dardimizga malham bo‘lguvchi narsa – bu musiqadir.


Musiqa haqida buyuk olimlar, mutafakkirlar ko‘plagan fikrlar, mulohazalar yuritishgan. Bu sehrli ne’matning bolalar ta’limi, kattalar ta’limidagi o‘rni haqida ham tasirli, tarbiyaviy fikrlar bildirib o‘tishgan.  Buyuk olim Forobiy «Musiqa haqida katta kitob» degan ko‘p jildli asari bilan o‘rta asrning yirik musiqashunosi sifatida mashhur bo‘ldi. U musiqa ilmining nazariy va amaliy tarmoqlarini, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib, ularni ta’lim va ilmga ajratadi - deb aytgan [4, 119].


Xo‘sh kreativ deganimiz nima? Kreativlik integrativ ta’limdir. Kreativlik tushunchasini to‘rtta kategoriyaga bo’lishimiz mumkin: kreativ qobiliyat, kreativ shaxsiy kategoriya, kreativlik ijodiy mahsulot va kreativlik jarayon [5, 57].


Kreativlik – shaxsning muammoli vaziyatlardan tafakkuri orqali, takrorlanmas yo‘l bilan chiqib ketish, unga ijodiylik bilan yondasha olish qobiliyati hisoblanadi. Kreativlik tushunchasi (lot., ing. «create» – yaratish, «creative» yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi[6].


Ushbu yondashuvlarning integratsiyasi “kreativlik” tushunchasini effektiv tushunishga yordam beradi. Musiqa – bu sintetik mahsulot bo‘lib, talaba asosan, yuragidan, chin qalbidan, musiqa asbobi bilan mehr-muhabbatda, qalban asbobni sezmas ekan, asbob ham unga borlig‘ini, bor vujudini taqdim eta olmaydi.


Kreativ terminiga biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangilik, yaratuvchi deb keta olmaymiz, kreativ so‘zining bogaji keng bo‘lib, bugungi kunda kundalik ko‘p foydalanadigan so‘zlar qatoridan joy olmoqda. Kreativ shaxs, kreativ fikrlash, kreativ o‘ylash, kreativ yonashish v.h. lar shu jumladan. Talabalarda kreativ qobiliyatni aniqlashimiz va rivojlantirishimizda dastavval talabaning o‘zidagi ijodiy muhit bilan o‘rtoqlashishimiz kerak bo‘ladi. U talaba kim bilan yashaydi, qiziqish doirasi qanaqaligi, cholg‘u asbobiga bo‘lgan mehrini teran o‘rganmog‘imiz lozim.


shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi [7, 157].


Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, talaba va pedagog o‘rtasida kreativ ijodkorlik muhitini shakllantirish omillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabaning istiqomat qilayotgan mahallasi, uning oila aʼzolari, yaqin do‘stlari ham taʼsir o‘tkazishi mumkin. Talaba bir gap bilan aytganimizda “Uyingdagi kalishini echib kel”sa, darsning kreativlik sifati oshgan bo‘lar edi.


Yana bir manbalarda kreativlik haqida: “Kreativlik – bu qaysidir ma’noda yangi va foydali biror bir narsaning yaratilishiga hissa qo‘shadigan fenomen. Boshqacha qilib aytganda, yangi mavhum biror narsa (asar, musiqa, idea yoki start-up) yoki jismoniy biror kashfiyot (mashina, qurilma yoki robot) ka’bilar yaralishi uchun eng kerakli vosita bu kreativlikdir” [8].


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining 60211500 - «Xalq cholg‘ulari» (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejadagi mutaxassislik fanlar asosan yakka tartibdagi darslar bo‘lib, ta’lim jarayonida ustoz-shogird an’analariga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan bu tadqiqot ishining, bugungi kunda talabalarni ijodiy jarayonga moslashuvchanlik holati, talabaning har bir musiqa asbobiga bo‘lgan mehrini shakllantirish orqali ularni orkestr jamoalariga mukammal tayyorlab borish usullari ko‘rib chiqilgan va quyidagi adabiyotlar oʻrganishlar olib borishga turtki boʻgan: Abu Ali ibn Sinoning “Tibbiy o‘gitlar”, A.F.Losevning “Muzika kak predmet logiki” asari, M. Umarovning “Estrada aktyorlik san’ati”, S.Pirnazarovning “Estrada aktyorlik san’ati” magistrlik dissertatsiyasi, I.K.Urinbayevning “tasviriy va amaliy san’at mashg‘ulotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini oshirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarning ahamiyati” nomli maqolasi, L.Koganning “Iskusstvo i mi” qoʻlyozmasi hamda internet manbalari.


NATIJALAR VA MUHOKAMA


Taʼlim jarayonida talabalarni dastlabki dars jarayonlarida pedagogik kuzatuvlar ostida yurishi hech kimga sir emas, u tanlagan asar qay tarzida ijro qilinayotganligi pedagog tomonidan tinglanadi va kamchiliklari aytib o‘tilgan, uni to‘g‘rilash uchun talabadan qo‘shimcha vaqt talab qilinishi mumkin bo‘ladi.


Talabaga pedagog tomonidan murakkab asarlarning berilishi orqali, talabada o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishi mumkin. Buni talaba o‘zi ixtiyoriy sezishi, bilishi kerak.


Talabalarda individual dars jarayonida o‘ziga halaqt beruvchi qo‘l telefonini o‘chirib qo‘yishi, boshqa bo‘lar bo‘lmas narsalarga chalg‘imasligi zarur, bu ularda kreativ qobiliyatning susayishiga olib keladi.


O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining 60211500 - «Xalq cholg‘ulari» (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida bir qancha yetuk professorlar, dotsentlar va assistent o‘qituvchilar tomonidan talabalarga cholg‘u asbobining sir-sinoatlari chuqurlashtirilgan jarayonda o‘rgatilmoqda.


Shu o‘rinda talabalarning darslarda faol qatnashishi, o‘z mutaxassisligining yetuk kadri bo‘lib yetishib chiqishida albatta professor o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos.


Talabalarni qabul qilish jarayonida, ular ijro qilgan asarga pozitiv yondoshganligi, sahnada o‘zini tutishi, asar mualliflarini, bu asarlarni buyuk ijrochilardan kimlar ijro qilganliklarini bilishlari kerak.


Dars jarayonlarida, darslarning bo‘lar-bo‘lmas ishlarni deb bo‘linaverishligi, talaba va pedagog ongiga ta’sir o‘tkazadi. Uyg‘oq turgan ilhom pariylarini qochirishi va talabada darsga kirishib ketishligini chalg‘itishi mumkin, o‘z-o‘zidan bu talabada musiqa ta’limi jarayonida kreativlikning susayishiga olib keladi.


Talabaning kreativ qobiliyatini aniqlashda avvalo uning berilgan topshiriqqa (proizvedenie) mustaqil yondashuvini baholab olishimiz va uning individual imkoniyatlaridan kelib chiqib, talaba bilan asarlar ustida ish olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan deylik siz pedagogsiz, talaba chang musiqa asbobida tahsil olmoqda, siz unga yana changni noldan o‘rgatmaysiz-ku, aksincha talabaning kreativ imkoniyatlaridan kelib chiqib, unga qiyinroq bo‘lgan materiallarni berishga, uni rivojlanishiga intilasiz.


Talaba bilan pedagog o‘rtasida soatlab mashq qilishning o‘zi kamlik qilishi mumkin. Sababi pedagogning ichki dinamikasi, ichki temperamenti bilan talabaning ichki dinamikasi, ichki temperamenti bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Talaba ham bunday vaziyatda pedagogning aytganini qilishga majbur. Bir asar ustida tinimsiz harakat qilasiz-u, lekin o‘qituvchining xohlaganiday chiqmasa, talabada kreativ qobiliyatning susayishiga ham sabab bo‘lib qolishi mumkin. Bir sahna asarini tayyor mahsulot holiga kelguncha, qanchadan-qancha mehnat va asablar ketishini, ushbu sohaning chinakam fidokor mutaxassislari yaxshi tushunishadi. Haqiqiy sanʼat asari oxirigacha siqilgan prujinani anglatadi” [9, 21].


XULOSA


Yurtboshimizning ta’lim va san’at sohalaridagi amalga oshirayotgan ishlari, bo‘lajak yetuk kadrlarga berilayotgan katta-katta imkoniyatlar o‘z mevasini berishi turgan gap.


Bugungi kunda talaba bo‘lib, o‘qish mashaqqati deyarlik oson, lekin iste’doding bilan sen cholg‘u asbobini mukammal darajada o‘rganib, uning sir-sinoatlarini to‘liq anglab yetmaguningcha siz va sizning iste’dodingizni hech kim tan olmaydi.


Biz talabalarda dastavval ijodiy muhitni yaratib, ularning estetik mezonlariga e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Bizga ma’lumki ko’tarinki ruhdagi, falsafiy g’oyaviy san’at hukmron sinflarga tegishli edi. Ijrochilikning boshqa tendensiyasining rivoji – demokratik bo’lib – repertuar keng ommaga tushunarli bo’lgan. Bayram va xalq sayillarida orkestrlar va dirijyorlar o’z mahoratlarini ko’rsatishgan.


Shuni aytib o‘tishimiz joizki, jamiyatning yuqori tabaqalarida, murakkab estetik g‘oyalarga ega bo‘lmagan, oddiy ko‘ngil ochar tomoshalarga talab paydo bo‘ldi.


Orkestr – bu keng tushunchadir, biz orkestrni katta qozon deb faraz qilsak, uning ichiga solinishi kerak bo‘lgan masalliqlar – ijrochilardir, ya’ni talabalar. Biz masalliqlarni parvarishlab yetishtirmasak, ular qozonga tusha olishmaydi.


Talabada orkestr jamoasiga bo‘lgan intilishni darslarda muntazam singdirib, orkestrning talab va ehtiyojlarini, orkestrlik madaniyatini kengroq targ‘ib qilish kerak bo‘ladi. Faraz qiling orkestr jamoasi Motsart asarlaridan biriga yuzlandi deylik, katta konsert oldidan repititsiya jarayoni ketmoqda, agarda bitta ijrochi kelmay qolsa, Motsartning asari vayron bo‘ladi. Dirijyorning ichidagi borliq butunlay yo‘qoladi, bu orkestrdagi boshqa ijrochilarga ham tasir qiladi. Orkestrda K.S.Stanislavskiyning ta’biri bilan aytganda “Temir intizom” bo‘lmas ekan, ijodiy muhit, talaba kreativligi shakllanmaydi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Pedagogika
muallifning biografiyasi

Iskander Jumaniyazov, O'zbekiston davlat Konservatoriyasi Nukus filiali

Oʻzbeksiton davlat Konservatoriyasi Nukus filiali, v.v.b. professor

Foydalaniladigan adabiyotlar

https://president.uz/uz/lists/view/6941

Abu Ali ibn Sino. Tibbiy o‘gitlar. – T: Mehnat, 1991. – 174-bet.

Losev A.F. Muzika kak predmet logiki. – M.: Iskusstvo, 1990. – st. 195-232.

Umarov M. Estrada aktyorlik san’ati. – T: Bilim, 2016. – 119-bet.

Pirnazarov S.M. “Estrada aktyorlik san’ati”magistrlik dissertatsiyasi. 2018-yil. – T.: 57-bet.

https://uza.uz/posts/320706

Urinbayev I.K. “tasviriy va amaliy san’at mashg‘ulotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini oshirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarning ahamiyati”. "Oriental Art and Culture" jurnali, 2023-yil iyun, 157-bet.

https://telegra.ph/Kreativlik-ozi-nima-va-bizga-kerakmi-11-26

Kogan L. Iskusstvo i mi. – Moskva” 1970, B.21.