Mualliflar uchun qo'llanma

“FarDU. ILMIY XABARLAR JURNALIDA CHOP ETILADIGAN MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN

T A L A B L A R

 

  1. 1. Jurnal tahririyatiga taqdim etilayotgan maqolaga 1) muallif(lar) ishlayotgan muassasa rahbariyatining yo‘llanma xati; 2) ekspert xulosasi - 2 nusxada; 3) maqola yozilgan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha tahrir hay’atiga kiritilgan fan doktori hamda filolog mutaxassis imzolagan (imzo tegishli tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim) taqriz-tavsiya va Antiplag.uz ma'lumotlar bazasidan maqolani tekshirganlik haqidagi sertifikat (maqolani orginallik darajasi 70% va undan yuqori bo'lishi maqsadga muvofiqdir) ilova qilinadi.
  2. 2. Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida IMRAD talablari asosida yozilgan bo‘lishi lozim.
  3. 3. Maqola qaysi tilda yozilishidan qat’iy nazar unga uch til – o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya 150-200 so‘z, kalit so‘zlar va UDK raqami ilova qilinadi.
  4. 4. Maqola jurnal tahririyatiga “Microsoft Word” dasturida (“Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, satrlar orasi bir yarim intervalda) terilgan holda ikki nusxada, elektron varianti sayt orqali yuboriladi.
  5. 5. Maqolaning umumiy hajmi (rasm, jadval va diagrammalar bilan birgalikda) 8-10 sahifadan, qisqa xabarlarning hajmi 4-5 sahifadan oshmasligi talab etiladi. Maqolaning bir nusxasi muallif(lar) tomonidan imzolanadi.
  6. 6. Muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi, lavozimi, manzili (uy va xizmat telefon raqamlari, elektron pochta) ko‘rsatiladi.
  7. 7. Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan bo‘lsa, ular aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Formulalar matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.
  8. 8. Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyot satr osti izohi tarzida emas, balki maqola oxirida asosiy matndagi ketma-ketligi asosida umumiy ro‘yxatda ko‘rsatiladi. Matn ichidagi ko‘chirmadan so‘ng iqtibos olingan asarning ro‘yxatdagi tartib raqami va sahifasi kvadrat qavs ichida beriladi. Bu o‘rinda kitob, to‘plam, monografiyalar uchun mualliflarning ism-familiyalari, manbaning to‘liq nomi, nashr ko‘rsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili) ko‘rsatiladi. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa nomeri ko‘rsatiladi.
  9. 9. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e’tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.
  10. 10. Ijobiy taqriz berilgan maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.
  11. 11. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY JURNALI
Jurnal haqida
ISSN 2181-1571
UMUMIY QOIDALAR
   "FarDU. Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ – Scientific journal of the Fergana State University” jurnalining taʼsischisi Fargʻona davlat universiteti hisoblanadi va universitet tarkibidagi ishlab chiqarish boʻlinmalaridan biri maqomidadir.
  Jurnal fizika, matematika, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid ilmiy maqolalarni chop etishga yoʻnaltirilgan.
    Jurnalning har bir soni 200-250 kam boʻlmagan sahifadan chop etiladi.
Manzilgoh: Fargʻona shahar, Murabbiylar koʻchasi, 19 — uy. Fargʻona davlat universiteti rektorat binosi, 1- qavat
TAHRIRIYATNING ASOSIY VAZIFALARI
    Tahririyat oʻz faoliyatida muassis tomonidan tasdiqlangan Nizom talablari asosida ish yuritadi.
    Jurnal nashriyot yoʻnalishiga oid holda, talab asosida chop etiladi.
  Tahririyat faoliyatining asosiy yoʻnalishi oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, yuqori kurs talabalari, magistrantlar, ilmiy xodimlar hamda xalq xoʻjaligining turli sohalarida xizmat qilayotganlar uchun moʻljallangan.
  Jurnalda ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, yechimlarini kutayotgan muammo va masalalar, boshqa mamlakatlardagi fan va texnikaga oid yangiliklar, oliy oʻquv yurtlarida oʻtkazilayotgan ilmiy konferensiyalar va anjumanlar haqida maqola, axborotlar chop etiladi.
  Tahririyat xodimlarining ijodiy imkoniyatlarini toʻla ishga solishni taʼminlaydi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qatʼiy rioya qiladi: xodimlarning ijodiy muvaffaqiyatlarini moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantiradi, ularning kasb mahoratlarini oshirishlariga, xizmat burchlarini oʻtashlariga muntazam ravishda gʻamxoʻrlik qiladi. Tahririyat respublikamizdagi davriy nashrlar, ijodiy uyushmalar va tashkilotlar, shuningdek, chet el jurnallari tahririyatlari bilan aloqada boʻladi, tajriba almashadi.
  Jurnal Fargʻona viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2007 yil 12 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan 12-075 raqamli guvohnoma bilan roʻyxatdan oʻtgan.
   “FarDU. Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ – Scientific journal of the Fergana State University” jurnali oʻz Nizomi asosida va Fargʻona davlat universitetining organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi”gi qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari doirasida faoliyat koʻrsatadi.
NASHR ETIKASI VA NASHRNI NOTOʻGʻRI ISHLATISH TOʻGʻRISIDAGI BAYONOT
  "FarDU ilmiy xabarlari" jurnali faqat ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilgan maqolalarni nashr etadi.
  Nashr qilish aktida ishtirok etuvchi barcha tomonlar, xususan, muallif, jurnal muharriri, va sharhlovchi axloqiy xulq-atvor standartlariga rioya qilishlari kerak.
TAHRIRIYATNING ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI
   Tahririyat oʻz faoliyatini Fargʻona davlat universitetining organi sifatida tashkil etadi va amalga oshiradi.
 Tahririyat oʻz majburiyatlarini, vazifalarini bajarilishi yuzasidan Fargʻona davlat universiteti rektorati va Universitet kengashiga hisobot beradi.
  Tahririyat moliyaviy-xoʻjalik faoliyati muassis tomonidan olib boriladi.
Ochiq kirish

Bu ochiq kirish jurnali bo'lib, barcha kontent foydalanuvchi yoki uning muassasasi uchun bepul bo'lishini anglatadi. Foydalanuvchilarga maqolalarning to‘liq matnlarini o‘qish, yuklab olish, nusxalash, tarqatish, chop etish, qidirish yoki ularga havolalar berish yoki ularni noshir yoki muallifdan oldindan ruxsat so‘ramasdan turib boshqa qonuniy maqsadlarda foydalanishga ruxsat beriladi. Bu BOAI ochiq kirish ta'rifiga mos keladi.

Har bir maqola uchun to'lov

Moliya vazirligi G'aznachiligi KKKM
Toshkent shahar BB
x/r 234020000300100001010
mfo 00014, aralashtiramiz 201122919

To'lov maqsadida quyidagilar yozilishi kerak:
SHHV 400110860304017094100350001
FarDU ilmiy xabarlar jurnali uchun FISH Stir 201133366

Maqola to'lovi 200 000 so'm