sg
O‘zbekcha

TALABALARNING NIZOLI XULQ ATVORINI PEDAGOGIK TASHXIS ETISHNING SINERGETIK-TUZILMALI MODELI

Mualliflar

  • Muxayyo Baybaeva

    Tashkent State Pedagogical Instuty after named Nizami
  • In'omiddin Imomov

    Fergana State University

Kalit so‘zlar:

talaba, o‘qish, model, tuzilma, sinergetika, tarbiyaviy jarayon, imkoniyat, sabab, aloqa, xulk atvor.

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot mualliflari oliy ta`lim muassalari talabalarning nizoga asos bo‘luvchi xulq-atvorini pedagogik tashxis etishning sinergetik konsepsiyasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Unda shaxsiyatning dinamik tuzilmasi konsepsiyasiga muvofiq to‘rtta kichik tuzilmalar ketma-ketligi, ularning ahamiyati va nizolarni vujudga kelishining mazkur kichik tuzilmalarga uzviy bog`liqligi bayon qilingan. Ta`lim-tarbiya jarayonda nizoga sabab bo‘luvchi xulq-atvor, nizoga kirishuvchi tomonlar, ularning o‘zaro munosabati, nizolarni oldini olish imkoniyatlari va nizoli vaziyatlarni yumshatish, qolaversa, ularni bartaraf etishda ob’yektivlikning ahamiyati, nizoli vaziyatlarni boshqarishni yaxlit tizim sifatida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida makroijtimoiy yondashuv singari oliy ta'lim ijtimoiy muhitidagi nizolarni talqin etishga asoslangan xilma-xil nazariya va konsepsiyalarga tayanib nizolarni sinergernik nazariy asoslari tahlil qilingan, shuningdek, ta'lim muassasalarida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan pedagogik nizolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Oliy ta`lim muassasalari talabalari o‘rtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarda talabalar xulq-atvorini pedagogik tashxis etish natijasida nizolarni bartaraf etishning sinergetik modeli ishlab chiqilgan.

Mualliflar haqida

  • Muxayyo Baybaeva, Tashkent State Pedagogical Instuty after named Nizami

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Pedagogika kafedrasi professori v.b., pedagogika fanlari doktori

  • In'omiddin Imomov, Fergana State University

    Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Umumiy va aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Adabiyotlar

Jumaev R.Z. Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va tamoyillari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand. 2015. – bet 156. (Fundamentals of Conflictology: Main Notions and Principles)

Xujaniyozova Z., Dusmetova M., Nafasov D. Pedagogik konfliktologiya (O‘quv uslubiy qo‘llanma). – Urganch. 2015. – bet 211. (Pedagogical Conflictology)

Baybaeva M.X. Rahbarlarning boshqaruv faoliyatlarida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratishga xos zamonaviy yondashuvlar // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – Т.: 2022. Special Issue 4-2. – bet 403-411. (Modern Approaches on the Creation of Healthy and Creative Environment in Leaders` Administrative Activity)

Ismailova Z.K., Baybaeva M.X. Rahbarlarning nizoli vaziyatlarni hal etishda konfliktologik kompetentligini rivojlantirish // Life Sciences and Agriculture. – T.: 2020. №.2-2. – bet 185-188. (Development of Conflict Competency of Leaders in Solving Disputable Circumstances)

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017. – bet 107. (Critical Analysis, Strict Discipline and Personal Liability must be the Daily Principles of Every Leader’s Activity)

Mirsolieva M.T. Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Monografiya. – T.: Fan va texnologiyalar, 2019. – bet 120. (Development of Mechanisms of Professional Competency Improvement of Higher Education Institution Leaders and Pedagogical Personal)

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-07-05