TALABALARNING XULQ ATVORIDAGI NIZOLI VAZIYATLARNI PEDAGOGIK TASHXIS ETISHNING SINERGETIK-TUZILMASINING TALQINI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Baybaeva Muxayyo Xudaybergenovna
Imomov In'omiddin Abdulxamidovich

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot mualliflari oliy ta’lim muassalari talabalarning nizoga asos bo‘luvchi xulq-atvorini pedagogik tashxis etishning sinergetik konsepsiyasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Unda shaxsiyatning dinamik tuzilmasi konsepsiyasiga muvofiq to‘rtta kichik tuzilmalar ketma-ketligi, ularning ahamiyati va nizolarni vujudga kelishining mazkur kichik tuzilmalarga uzviy bog‘liqligi bayon qilingan. Ta’lim-tarbiya jarayonida nizoga sabab bo‘luvchi xulq-atvor, nizoga kirishuvchi tomonlar, ularning o‘zaro munosabati, nizolarni oldini olish imkoniyatlari va nizoli vaziyatlarni yumshatish, qolaversa, ularni bartaraf etishda ob'ektivlikning ahamiyati, nizoli vaziyatlarni boshqarishni yaxlit tizim sifatida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida makroijtimoiy yondashuv singari oliy ta'lim ijtimoiy muhitidagi nizolarni talqin etishga asoslangan xilma-xil nazariya va konsepsiyalarga tayanib nizolarni sinergetik nazariy asoslari tahlil qilingan, shuningdek, ta'lim muassasalarida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan pedagogik nizolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarda talabalar xulq-atvorini pedagogik tashxis etish natijasida nizolarni bartaraf etishning sinergetik modeli ishlab chiqilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Pedagogika
Mualliflar biografiyasi

Baybaeva Muxayyo Xudaybergenovna, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi professori v.b., pedagogika fanlari doktori

Imomov In'omiddin Abdulxamidovich, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Umumiy va aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Foydalaniladigan adabiyotlar

Jumaev R.Z. Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va tamoyillari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand. 2015. – bet 156. (Fundamentals of Conflictology: Main Notions and Principles)

Xujaniyozova Z., Dusmetova M., Nafasov D. Pedagogik konfliktologiya (O‘quv uslubiy qo‘llanma). – Urganch. 2015. – bet 211. (Pedagogical Conflictology)

Baybaeva M.X. Rahbarlarning boshqaruv faoliyatlarida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratishga xos zamonaviy yondashuvlar // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – Т.: 2022. Special Issue 4-2. – bet 403-411. (Modern Approaches on the Creation of Healthy and Creative Environment in Leaders’ Administrative Activity)

Ismailova Z.K., Baybaeva M.X. Rahbarlarning nizoli vaziyatlarni hal etishda konfliktologik kompetentligini rivojlantirish // Life Sciences and Agriculture. – T.: 2020. №.2-2. – bet 185-188. (Development of Conflict Competency of Leaders in Solving Disputable Circumstances)

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017. – bet 107. (Critical Analysis, Strict Discipline and Personal Liability must be the Daily Principles of Every Leader’s Activity)

Mirsolieva M.T. Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Monografiya. – T.: Fan va texnologiyalar, 2019. – bet 120. (Development of Mechanisms of Professional Competency Improvement of Higher Education Institution Leaders and Pedagogical Personal)