SABZOVOTLARNI QURITISHDA BIRLAMCHI ISHLOV BERISHDAGI QURISH KATTALIKLARI TAHLILI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Rahmatov G‘ulomjon Raxmonberdiyevich

Annotatsiya

Quritish jarayonida foydalaniladigan asosiy manba, issiq havo hisobidan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa quritilgan mahsulotlarning tannarxini ortib ketishi, inson salomatligiga turli ziyonlar yetkazilishi, quritilgan mahsulotning tarkibidagi foydali vitaminlarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda. Mahsus keramika qoplangan kvars nay orqali infraqizil nurlanish ta’sirida mahsulotlarni quritish esa, yuqorida keltirilgan qator kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Mahsus keramika qoplangan kvars naydan tarqalayotgan impulsli infraqizil nurlanish mahsulot tarkibidagi suvning tabiiy bug‘lanishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot natijalari asosida turli qishloq ho‘jalik mahsulotlari, sabzovotlar kartoshka, sabzi va piyozni qayta ishlash natijalari tahlil qilingan. Tahlillar quritish tezligi, quritish qalinligi, quritish vaqtining texnik kattaliklariga ta’siri keltirilgan. Qurilmada kechadigan fizikaviy jarayonlar, bug‘lanish va uning mahsulotlarga ta’siri, namlikning tabiiy holatda yuqoriga xarakatlanishi asoslangan. Ejektor tizimining afzalliklari, mahsulotning sifatli qurishiga, mahsulot tarkibining saqlanishiga xizmat qilishi ko‘rsatilgan. Qurilmada joylashgan termopara ko‘rsatkichlari, quritish jarayonidagi atmosferani ta’minlashi, mahsulotlarning bir tekis qurishi, mahsulotlarning tashqi ko‘rinishiga ziyon yetkazilmasligi, qurish vaqtining cho‘zilmasligini ta’minlaydi. Elektr kuchlanishni avtomatik boshqarish tizimi qurilmaning belgilangan vaqtlar davomida mahsulotlarni intensiv qurishiga xizmat qiladi.    

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Fizika-texnika
muallifning biografiyasi

Rahmatov G‘ulomjon Raxmonberdiyevich, Fergana Stete University

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Foydalaniladigan adabiyotlar

Bo‘riyev X.CH., Rizayev R. Meva, uzum mahsulotlarni biokimyosi va texnologiyasi. – T.: Mehnat, 2000.

Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. II-tom. Toshkent. 1995.

Bo‘riyev X. Ch., Jo‘rayev R., Alimov O. Meva sabzavotlarni saqlash va daslabki ishlov berish. – T.: Mehnat, 2002.

Rakhmatov, G., & Kayumov, A. M. (2024, March). Analysis of process intensity and quality indicators of cotton drying using infrared radiation. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3045, No. 1). AIP Publishing.

Kayumov, A. M., & Rakhmatov, G. (2024, March). Technology of cotton layer leveling in the infrared drying device. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3045, No. 1). AIP Publishing.

G.Rakhmatov “Theoretical basis for ensuring a cotton layer on a conveyor belt” International scientific journal science and innovation special issue april,2024|issn: 2181-3337|scientists.uz. https://doi.org/10.5281/zenodo.10933105

Kayumov, A. M., Eshmatov, B., & Rakhmatov, G. (2024). Analysis of changes in cotton moisture under the influence of infrared (IR) radiation. In BIO Web of Conferences (Vol. 93, p. 02013). EDP Sciences.