“DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARI VA TOPONIMLAR
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida qo‘llangan toponimlarning lingvistik xususiyatlari tahlil etilgan. Bizga ma’lumki, mazkur asar XI asr va undan oldingi asrlarga oid bo‘lgan onomastik birliklarni, jumladan, toponimik birliklarni o‘zida jamlagan qimmatli manbadir. Toponimlarning ushbu asarda izohi berilar ekan, avvalo, muallif uning qanday obyekt nomi ekanligiga ahamiyat qaratgan, joylashish o‘rni, chegarasi va qaysi urug‘-qabila bu joyda yashashi haqidagi batafsil ma’lumotlarni berib o‘tgan. Joyga asos solgan shaxs va uning nomi hamda toponim o‘rtasidagi aloqadorlik, nomning talaffuzi, uning qanday o‘qilishi to‘g‘ri ekanligi, xalq ichida toponimning yana qanday otlar bilan atalishi kabi qator fikrlar asar qimmatini yanada oshirgan. Shu bilan bir qatorda toponimika sohasi uchun ahamiyatli hisoblangan bir qancha nomlar etimologiyasining berilishi, qaysi qabilalar tomonidan topoleksemalarning qanday ma’nolarda ishlatilishi, bu leksema ishtirok etgan yana qanday joy nomlari mavjud ekanligini Mahmud Koshg‘ariy davrining kuchli tilshunosi sifatida izohlab o‘tadi. Bundan tashqari, asarda toponimlar tarkibida qatnashadigan bir qancha geografik atamalarning ham ma’nolari izohlangan bo‘lib, ularning aksariyati bugungi kunda eskirgan va yana ayrimlari iste’moldan butunlay chiqib ketgan hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, ularning juda ko‘pchiligini hozirda mavjud tarixiy joy nomlari tarkibida saqlanib qolganini ko‘rish mumkin va ayni paytda manbadagi bunday geografik terminlarni o‘rganish joy nomlari tarkibini aniqlash hamda ma’nosini izohlashda ochqich vazifasini bajaradi. Tom ma’noda “Devonu lug‘otit turk” asari tarixiy toponimika uchun ham, qolaversa bugungi zamonaviy toponimika sohasi uchun ham juda ko‘plab noyob ma’lumotlarni o‘zida saqlagan turkiy xalqlarning benazir xazinasidir.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006.
Никонов В.А. Введение в топонимику. – Москва, 2011.
Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006.
Эназаров Т. Ўзбекистон топонимлари: луғавий асослари ва этимологик тадқиқи йўллари: Филол. фан. д-ри. ... дисс. – Тошкент, 2006.
Дўсимов З. Хоразм топонимлари. – Тошкент: Фан, 1985.
Маҳмуд Кошғарий. Девону луғоти-т-турк. I-III жилд. – Тошкент: Mumtoz so‘z, 2016.
Roziqova G.Z. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida qo‘llangan ot leksemalarning funksional-semantik va uslubiy xususiyatlari. – Farg‘ona, 2021.
Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. – Тошкент: Муҳаррир, 2009.
Лурье П.Б. Историко-лингвистический анализ согдийской топонимии: дисс. канд. филол. наук. – СПб.: Институт востоковедения РАН, СПб филиал, 2004.
Эргашев А. Андижон вилояти этнотопонимларининг ареал-ономастик тадқиқи: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 2012.