“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DA QO‘LLANILGAN AYRIM MAQOLLARNING LINGVOPOETIK TAHLILI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

O‘rinboyeva E’zozxon Komolovna
Jo‘raboyeva Gulrux Solijonovna

Annotatsiya

Maqolada paremik birlik hisoblangan maqollar, ularning lingvopoetik tahliliga doir nazariy fikrlar bayon qilingan. Xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan turlaridan biri maqoldir. Maqol og‘zaki ijodimizning kichik janrlaridan biridir. Maqollar hajm jihatdan qisqa bo‘lsa-da, fikr va mazmun keng qamrovli bo‘ladi. Maqol o‘z tabiatiga ko‘ra xalqaro janrlardan biridir. Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi yo‘q.Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Nutq jarayonida maqollardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Maqollarda adresatning hukm, mulohaza, pand-nasihatli fikri ixcham va aniq ifodalanadi.


Nutqda maqol va matallardan foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Shuning uchun ham maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuvda, badiiy, tarixiy asarlarda, publitsistikada doimiy ravishda qo‘llanilib kelingan va hozirda ham bu jarayon davom etmoqda. “Devonu lug‘otit turk” asarida ham bir qancha maqollar tilga olingan bo‘lib, ushbu maqolada metaforik xarakterga ega bo‘lgan maqollar tahlilga tortilgan. Ularning hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydigan variantlari keltirilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Tilshunoslik
Mualliflar biografiyasi

O‘rinboyeva E’zozxon Komolovna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Jo‘raboyeva Gulrux Solijonovna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Foydalaniladigan adabiyotlar

Koshg‘ariy M. “Devonu lug‘otit turk” I jild. – Toshkent, 1960.

Нурмонов А. Танланган асарлар. 1-жилд. – Тошкент, 2012.

Иззат Султон. Адабиёт назарияси. – Тошкент, 1980.

Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш.Ҳикматнома. Ўзбек халқ мақолларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 1990.

Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. O‘zb.Mil. – Toshkent, 2009.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: “Рус тили” нашриёти, 1968.

Вамбери Г. Очерки Средней Азии. – Москва, 1968.

Ўзбек халқ мақоллари. – Тошкент, 1981.

Бердиёров Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. –Тошкент: Ўқитувчи, 1984.

Бердақ Юсуф. Мумтоз адабий асарлар луғати. – Тошкент, 2010.

Ҳакимов М. Ёзувчи ва халқ тили. – Тошкент: Фан, 1971; Бердиёров Ў., Расулов Р., Йўлдошев Б. Ўзбек фразеологиясидан материаллар. I қисм, – Самарқанд, 1976.

Абдураҳмонов Ғ. “Девону луғотит турк” асарининг ўрганилиш тарихидан.// Ўзбек тили ва адабиёти. 2009, 6-сон. 49-б.

Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A. v.b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – Toshkent: “Universitet”, 2006.

Ushbu muallif(lar)ning maqolalari, eng ko‘p o‘qilgan