O‘QUVCHILARNI GEOLOG KASBIGA QIZIQTIRISHDA MAKTAB GEOGRAFIYA TA’LIMINING O‘RNI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Mamatisakov Jaxongirmirzo Jamoliddin o‘g‘li

Annotatsiya

Mamlakatimizda bugungi kunda geologiya sohasini yanada rivojlantirish va dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada foydali qazilmalar qidiruv ishlarining qamrovi kengayib yangi zaxiralar aniqlanmoqda. Ularga asoslanib yirik korxonalar qurilmoqda, istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. Albatta, buning uchun malakali kadrlar ham zarur xisoblanadi. Geologiya sohasini rivojlantirish avvalambor ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu sohada kadrlar tayyorlash va kasbga yo‘naltirish uchun ilk qadamlar maktab geografiya darslari orqali amalga oshirish mumkin. Maktab geografiya darslari orqali o‘quvchilarga geografik bilimlar bilan birgalikda ilk geologik tushunchalar ham beriladi. Ushbu darslar orqali o‘quvchilar soha haqida dastlabki tasavvurlarga, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ushbu maqolada o‘quvchilarni geolog kasbiga qiziqtirish va kelajakda ushbu kasbga yo‘naltirishda maktab geografiya ta’limining imkoniyatlari tahlil qilingan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Geografiya
muallifning biografiyasi

Mamatisakov Jaxongirmirzo Jamoliddin o‘g‘li, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti, geografiya kafedrasi tayanch doktoranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

G‘ulomov P. va boshqalar. Geografiya. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi. 5-sinf uchun darslik. “Mitti yulduz” nashriyoti. Toshkent−2020.

Tabiiy fanlar 6-sinf uchun darslik / K. T. Suyarov va boshq. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 192 b.

G‘ulomov P. va boshqalar. Geografiya. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. 7-sinf uchun darslik. “O‘qituvchi” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2017

Musayev P. va boshqalar. Geografiya. O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 8-sinf uchun darslik. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent−2019.

Qayumov A. va boshqalar. Geografiya. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf uchun darslik. Toshkent−“O‘zbekiston”-2019-yil

Sharipov Sh.M. va boshqalar. Geografiya (Amaliy geografiya).10-sinf uchun darslik. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent−2017. 7-bet.