INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI “QOTILLIK” MIKROMAYDONI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Diloromhon Ismoilova

Annotatsiya

Ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantik maydoniga birikuvchi mikromaydonlar orasida “qotillik” mikromaydoni tarkibi undagi elementlar xilma-xilligiga ko‘ra miqdoran ustun hisoblanadi. Garchi salbiy ma’no nozikligiga ega bo‘lsa-da, ikki xalqning turmush tarzi va uzoq o‘tmishidagi o‘ziga xosliklarni qamrab oluvchi mazkur mikromaydon, chog‘ishirilayotgan tillarda turlicha verballashadi. Ushbu maqolada mikromaydonning markaziy va periferik a’zolari semantik jihatdan tahlil qilinadi. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar asosida “qotillik” semantikasini ifodalovchi leksik birliklarning bir mikromaydonga birikishi asoslanadi. Bugungi kungacha ingliz tilida olib borilgan tadqiqotlarda “qotillik” mikromaydonining yadro elementi sifatida “murder” leksemasi hisoblansa, o‘zbek tilida “jinoyat” semantikasini ifodalanishi maydon nazariyasi asosida tadqiq etilmagan. Muallif Farg‘ona davlat universiteti 2-bosqich magistrantlari bilan so‘rovnoma o‘tkazgan holda, ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchilarning muloqotida eng ko‘p qo‘llaniladigan leksik birlik, ya’ni “qotillik” mikromaydonining markaziy elementini aniqlashga erishilgan. Bunda natijalar farqli bo‘lganligi, global ingliz tili ta’sirida ekanligi dalillangan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Tilshunoslik
muallifning biografiyasi

Diloromhon Ismoilova, Farg'ona davlat universiteti

Farg‘ona davlat universiteti, “Ingliz filologiyasi kafedrasi” o‘qituvchisi

Foydalaniladigan adabiyotlar

Coseriu E. Lexicalische Solidaritӓten // Poetica 1, 1967. – P. 293-303.

Firth J. Papers in Linguistics. Oxford University Press, 1957. – 233 p.

Katz J., Fodor J. The structure of a semantic theory // Language 39, 1963. – P. 170-210.

Langford I. The semantics of crime. A thesis submitted for the degree of Doctor of Philosophy. Australian national university, 2002. – 415 р.

Porzig W. Wesenhafte Bedeutungsbeziehungen // Beitrage zur Geschichte der deutschen Sprache und Literatur, 1934. – S. 70-97.

O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat kodeksi”. 97-modda; https://lex.uz/acts/-111453. ("Criminal Code" of the Republic of Uzbekistan. Article 97. )

Ҳожиев А., Нурмонов А., Зайнобиддинов С ва бошқ. Ҳозирги ўзбек тили фаол сўзларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 2001. – 336 б. (Hojiev A., Nurmonov A., Zainobiddinov S. et al. An explanatory dictionary of active words of the current Uzbek language. – Tashkent, 2001. – 336 p)

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. А. Мадвалиев таҳрири остида, – Тошкент, 2006. – 623 б. (An explanatory dictionary of the Uzbek language. A. Under the editorship of Madvaliev, - Tashkent, 2006. - 623 p.)