ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA TASVIRIY IFODA VA VOSITALARNING O‘RNI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ulug‘bek Hamdamning “Vatan haqida qo‘shiq” hamda “Pillapoya” hikoyalari an’anaviy psixoanalitik yo‘nalishdagi ramziylikka asoslangan hikoyalaridan biridir. Har qanday badiiy asarning saviyasi, uning badiiyligi, tasvir usullarining rang-barangligi undagi voqealar rivojining ketma-ketligi va ishonarliligi bilan belgilanadi. Ijodkorning “Vatan haqida qo‘shiq”, hikoyasida reallik bilan g‘ayritabiiylikning hamda ertaknamo usullarning fanatastika bilan chatishib ketganligining guvohi bo‘lamiz. Ijodkor hikoyalarida bugungi kunning dolzarb muaamolarini falsafiy g‘oyalar orqali ochib berishi e’tiborga loyiq. Yozuvchi hikoyalarining bayon uslubi, shakl va mazmun jihatidan uyg‘unligi, an’anaviy va modernistik uslubning uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ijodkorning “Vatan haqida qo‘shiq”, “Pillapoya” hikoyalarida tasvir vositalari, personajlarning xatti- harakatlarini tasvirlashda ko‘chim turlarining sermahsulligi bilan ajralib turadi. “Vatan haqida qo‘shiq” hikoyasida vatanga muhabbat, o‘tmish ajdodlarimizning o‘z yurtiga bo‘lgan fidoyiliklari, ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati bosh qahramon obrazi orqali ochib beriladi. “Pillapoya” da esa moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi yorqin obrazlarda tasvirlab beriladi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Hamdam U. Vatan haqida qo‘shiq –Toshkent. Akademnashr.: 2019.
Rahimova L. Badiiy konflikt talqini// Yoshlik, 2014, 1-son.
Rahmat R. “Vatan haqida qo‘shiq”ni tinglab…// Kitob dunyosi gazetasi N16 (187).
Sodiq S. Isyonning hududi bormi... itoatning-chi?// O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2004-yil, 12-noyabr.
Rahimjonov N. Bugunning qahramoni kim?// O‘zbek tili va adabiyoti. - 2001.- №6. - S. 8-12.
Normatov U. Tafakkur yog‘dusi. –T., 2006..
Sabirdinov A. Ma’naviyat va ma’rifat chashmalari –Toshkent. Akademnashr.: 2016.
Эшонқулов Ж. Ўзбек фольклорида туш ва унинг бадиий лқини.ф.ф.д. дисс.автореферати, –Т., 2010.