ULUG‘BEK HAMDAMNING “SAFAR” HIKOYASIDA RAMZIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Uralova Dilnoza Murodilla qizi

Annotatsiya

Maqolada Ulugʻbek Hamdamning “Safar” hikoyasi asosida ramziy obrazlar olami, uning hikoya mazmun-mohiyatida va asar gʻoyasining badiiyatida tutgan oʻrni masalasi ochib berilgan. Adibning ramziy obrazlar tizimi, bayon uslubidagi ramziylikning asar mazmun-mohiyatidagi gʻoyasining davr ruhi bilan mutanosibligi ochib berilgan. Ijodkor nasriy asarlarida qoʻllanilgan ramziy obrazlarning turlari asar matnlari asosida dalillangan. Yozuvchi hikoyalaridagi uchinchi shaxs tilidan hikoya qilish, asarga psixologik tasvirning turli usullarini jalb etish imkonini beradi. Bunday hikoyalar turiga ichki monologlar, oshkora iqrorlar, tushlar, gallyutsinatsiyalar yengilgina qorishib ketaveradi. Zero, uchinchi shaxs tilidan hikoya vaqt bilan erkin munosabatga kirisha oladi, inson ruhiyatida kechadigan oniy tahlili paytida vaqt uzoq muddatga toʻxtab qolishi yoki asar voqealari haqida qisqacha maʼlumot berilishi mumkin. Syujet tarmoqlari orasidagi bogʻliqlik shunga misol boʻla oladi. Bu ijodkorga umumiy hikoya qilish uslubida psixologik tasvirning badiiyligini orttirish, kitobxon eʼtiborini voqealar rivojidan his-tuygʻularga koʻchirish imkonini beradi. Ramziy tasvirlar, badiiy obrazlar vositasida inson ilohiy moʻjiza qudrati bilan oʻzga insonlar ruhiyatini his qiladi, ularni xuddi hayotdagidek jonli insonlar kabi tasavvur etadi. Ramziy obrazlar qiyofasida har safar obrazlarning yangi, sirli, sehrli, betakror ilohiy dunyosi namoyon boʻlaveradi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Adabiyotshunoslik
muallifning biografiyasi

Uralova Dilnoza Murodilla qizi, Fergana Stete University

Farg’ona davlat unversiteti tayanch doktoranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Normatov U. Tafakkur yog‘dusi. –T., 2006.

Hamdamov U. Badiiy tafakkur tadriji. –T.: Yangi asr avlodi, 2002.

Hamdamov U. Yangilanish ehtiyoji. –T.: Yangi asr avlodi, 2006.

Hamdam U. Vatan haqida qo‘shiq –Toshkent. Akademnashr.: 2019

Кенжаева П. Ҳозирги ўзбек ҳикояларида қаҳрамон руҳиятини тасвирлаш тамойиллари. ф.ф.н.дисс., –Т., 2008.

Rahimjonov N. Bugunning qahramoni kim?// O‘zbek tili va adabiyoti. - 2001.- №6. - S. 8-12.

Rahimova L. Badiiy konflikt talqini// Yoshlik, 2014, 1-son.

Rahmat R. “Vatan haqida qo‘shiq”ni tinglab…// Kitob dunyosi gazetasi N16 (187) 2014-yil 2-avgust.

Sabirdinov A. Ma’naviyat va ma’rifat chashmalari –Toshkent. Akademnashr.: 2016.

Қаюмов А. Ҳозирги ўзбек насрида миллий характер ва бадиий маҳорат (Ў.Ҳошимов ва Н.Жалолиддин ҳикоялари мисолида). фил.фан.бўйича фалс.док. (PhD) дисс., –Фарғона, 2018.

Шаропов А. Оламлар ичра оламлар.-T .: Адабиёт ва саньат нашриёти.1978. –Б.23-26.