ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA OLIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALARDA YUZAGA KELADIGAN NIZOLARNING PEDAGOGIK TAHLILI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Imomov Inomiddin Abdulxamidovich

Annotatsiya

Mazkur maqolada muallif pedagogik nizolarni ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga keluvchi hodisa sifatida o‘rgan bo‘lib, u oliy ta’lim muassalarida vujudga keladigan pedagogik nizolar va nizoli vaziyatlar sabablarini pedagogika fani nuqtai nazaridan ochib bergan. Institut va universitetlardagi nizoli vaziyat va nizoning mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi, oliy ta’lim muassasasi rahbari, pedagoglar, talabalar hamda ota-onalarning ta'lim jarayoni nizolarini vujudga kelishidagi ishtiroki bayon qilingan. Nizoning mazmuni, davomiyli, nizolar negizini hosil qiluvchi qarama-qarshiliklarning darajalari, nizoning yuzaga kelish vaqti, ishtirokchilarning birgalikdagi faoliyat mazmuni, nizoli vaziyatning psixologik xususiyatlari, nizoni namoyon bo‘lish holatiga ko‘ra turlari milliy va xorijiy tadqiqotchilar ishlarini tahlil qilish natijasida ko‘rib chiqilgan. Pedagogik nizo va nizoli vaziyat tushunchalarining ta’rifi ishlab chiqilgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida nizoli vaziyat va nizolarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlar ro‘yhatiga ularning tasnifi to‘liq keltirilgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida vujudga keladigan o‘ta murakkab va nozik nizoli vaziyat va nizolarni pedagogik jihatdan tahlil qilish natijasida ularni samarali boshqarishni kafolatlovchi sabablarni aniqlashning zamonaviy yondashuvlari taklif qilingan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Pedagogika
muallifning biografiyasi

Imomov Inomiddin Abdulxamidovich, Ташкентский государственный экономический университет

Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti umumiy va aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Foydalaniladigan adabiyotlar

Jumaev R.Z. Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va tamoyillari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand. 2015. – bet 156. (Fundamentals of Conflictology: Main Notions and Principles)

Xujaniyozova Z., Dusmetova M., Nafasov D. Pedagogik konfliktologiya (O‘quv uslubiy qo‘llanma). – Urganch. 2015. – bet 211. (Pedagogical Conflictology)

Baybaeva M.X. Rahbarlarning boshqaruv faoliyatlarida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratishga xos zamonaviy yondashuvlar // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – Т.: 2022. Special Issue 4-2. – bet 403-411. (Modern Approaches on the Creation of Healthy and Creative Environment in Leaders’ Administrative Activity)

Baybaeva M.X. Ta'lim muassasalarida rahbar ayollarning boshqaruv faoliyatidagi roli // Integration of science, education and practice ilmiy-metodik jurnal. – Т.: 2022. №. 5. – bet 59-66. (The Role of Women Leaders in Administration Activity of Education Institutions)

Ismailova Z.K., Baybaeva M.X. Rahbarlarning nizoli vaziyatlarni hal etishda konfliktologik kompetentligini rivojlantirish // Life Sciences and Agriculture. – T.: 2020. №.2-2. – bet 185-188. (Development of Conflict Competency of Leaders in Solving Disputable Circumstances)

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017. – bet 107. (Critical Analysis, Strict Discipline and Personal Liability must be the Daily Principles of Every Leader’s Activity)

Mirsolieva M.T. Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Monografiya. – T.: Fan va texnologiyalar, 2019. – bet 120. (Development of Mechanisms of Professional Competency Improvement of Higher Education Institution Leaders and Pedagogical Personal)

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##