TEMUR POʻLATOV IJODI HAQIDAGI BA’ZI MULOHAZALAR
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqola isteʼdodli yozuvchi Temur Poʻlatov ijodiga bagʻishlangan. Kirish qismida qoʻyilgan muammoning zarurati va dolzarbligi ochib berilgan. Adabiyotlar boʻlimida esa rus va oʻzbek olimlaridan Olga Alimova, Elvira Abutalieva, Qozoqboy Yoʻldoshev Eleonara Shafranskaya, Aziza Baltabaeva kabi olimlar ishlari tahlil etilib, ular eʼtibor bergan jihatlarga munosabat bildiriladi. Shu tariqa ishning metodologiyasi belgilab olingan. Tahlil natijasidagi xulosalar toʻrtta bandda sanab koʻrsatilgan. Mavzu boʻyicha tahlillar qismida esa Temur Poʻlatovning Qoʻriqchilar minorasi nomli qissasi bosh qahramoni Vali bobo qisman tahlil etiladi. Soʻngra Gʻordagi qiz” nomli hikoya haqida soʻz yuritiladi. Bunda roviy nutqi orqali Kamilla, Ester, Akman obrazlariga berilgan badiiy tasvir, munosabatga eʼtibor qaratilgan. Yozuvchining voqelikni badiiy idrok etishi, umuminsoniy qadriyatlar, Sharq va Gʻarb madaniyatini yaxlit tushunishi hamda anglashi haqidagi gʻoyalar ilgari surilgan. Maqola oxirida esa Temur Poʻlatov asarlarida umuminsoniy muammolarni, uzoq tarixiy taraqqiyot davomida shakllangan anʼanalar misolida zamonaviy kishilar muammosini yoritishga intilgani, bunda kichik obrazning voqealar rivoji davomida katta, yetakchi obraz sanalgan Vali bobo ruhiyatida taʼsirini ifodalashga oid oʻziga xos uslubi borligi hamda shu yoʻl bilan oʻzlikni anglash muammosini ochib bergani taʼkidlangan. Hikoya boʻyicha tahlil natijasi oʻlaroq oila, farzand munosabatlari orqali kishilar ruhiyatidagi maʼnaviy yolgʻizlik muammosiga diqqat qilingani koʻrsatilgan.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Abutalieva E.I. Prostrantsvo i vremya v russkoyazqchnoy proze Sredney Azii: na materiale tvorchesva Tiura Pulatova i Timura Zulfikarova. Avtoref. diss. ...kan. filol. nauk. – Tashkent, 1993 g. 24 s. www.dissercat.com.
Alimova O.X. Xudojnstvennoe voploщenie filosofskoy problematiki v tvorchestve Timura Pulatova. Avtoref. diss. .... kand.filol.nauk. – Moskva: MGPU,1993. 24 str. www.cheloveknauka.com.
Baltabaeva A. M. O‘zbekiston rus tilidagi adabiyotida qissa janri rivojlanishi. Filol.fan. bo‘yicha falsafa doktor (PhD) diss. avtoref. 2020. – 42 b.
Garipova G.T. Prinsipы miromodelirovaniya v russkoy proze xx veka (neklassicheskaya paradigma xudojestvennosti). Disser. na soisk. ... doktora filol. nauk. Vladimir, VGU, 2021. 612 str.
Yoʻldoshev Q. YOniq soʻz. Toshkent: YAngi asr avlodi, 2006. 548 b.
Pulatov T. Vladeniya. Izbrannoe proizvedeniya. V 2 t.Tom.2. Roman, povesti. Tashkent: Izd-vo lit. i iskusstva., 1991. 434 s.
Pulatov T.I. Jizneopisanie stroptivogo buxarsa. Roman, povesti, rasskazы. www.ozon.ru.
SHafranskaya E.Mifopoetika inopoetnokulturnogo teksta v russkoy proze XX-XXI veka. Avtoref. diss. … dok fillog. Nauk. 2008. – 32 str. www//dissercat.com.
SHafranskaya E.F. Sovremennaya russkaya literatura: inoetnokulturnaya problematika. Uchebnik dlya Vuzov. — Moskva : Izdatelstvo YUrayt, 2020. — 194 s.
SHafranskaya E.F. Mifopoetika prozы Timura Pulatova: natsionalnыe obrazы mira. – Moskva: Editorial URSS, 2005. – 160 str. ozon.ru.