NEFT SHLAMDAN YOQILG‘I OLISH TEXNOLOGIYASI
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a287Kalit so‘zlar:
neft shlam, atmosferada distillash, reaktor dizayni, texnologik yoqilg‘i, ekonomayzer, chiqindilarni qayta ishlash.Annotatsiya
Neft va gazni qazib olish, tashish hamda saqlash jarayonlarida hosil bo‘ladigan neft shlamlari tarkibida ko‘p miqdorda uglevodorodlar, suv va mineral aralashmalar bo‘ladi, bu esa ularni an’anaviy neftni qayta ishlash qurilmalarida qayta ishlashni murakkablashtiradi. Ushbu tadqiqotda “Shimoliy So‘x” yerosti gaz saqlash inshoati omborida to‘plangan neft shlamining fraksion tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganildi. Shlam namunalari chuqurlik bo‘yicha qatlamlarga ajratildi va atmosferali distillash orqali tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar asosida yuqori darajada ifloslangan neft shlamini qayta ishlay oladigan innovatsion reaktor loyihalandi. Reaktor tarkibiga issiqlik samaradorligini oshiruvchi ekonomayzer kiritilgan bo‘lib, qattiq qoldiqlarni oson olib tashlash imkonini yaratadi. Tajribalari ishlari natijasida olingan texnologik yoqilg‘i muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Taklif etilgan yechim shlam saqlash hovuzlaridan atmosferaga chiqadigan zararli moddalarning emissiyasini sezilarli darajada kamaytiradi hamda sanoat korxonalari uchun ekologik to‘lovlarni qisqartiradi.
Adabiyotlar
1.«Узтрансгаз» АЖ тармоқларида ҳосил бўладиган техноген иккиламчи маҳсулотларни қайта ишлаш. Абдуллаев О.Г., Нуритдинов А.Қ, Жўрабоева З.О. NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil 11-son.
2. Нуритдинов А. К. У., Абдуллаев О. Г. Установка для переработки нефтешлама: технологические осо-бенности и энергоэффективность //Universum: технические науки. – 2025. – Т. 5. – №. 4 (133). – С. 43-45.
3. Александров И.А. Перегонка и ректификация в нефтепереработке. - М.: Химия, 1981, с. 152.
4. Р. Вагнер. Химическая технология. С-Петербург, Издание К.Л.Риккера, 1902 г.,145 с.
5. Беляев, С. Ю. Переработка нефтешламов: технологии и оборудование. – М.: Недра, 2018. – 256 с.
6. Иванов, А. А., Петров, В. Н. Энергоэффективные технологии переработки нефтесодержащих отходов // Нефтегазовое дело. – 2020. – №4. – С. 55–62.
7. Технология переработки нефти, Часть первая, Первичная переработка нефти, Под ред. О.Ф.Глаголевой, В.М.Капустина, М.: Химия, Колос, 2006, 400 с.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.