SHIMOLIY FARG‘ONA TOGʻOLDI HUDUDI LANDSHAFT-EKOLOGIK SHAROITINING HOZIRGI HOLATI VA UNI BAHOLASH
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a272Kalit so‘zlar:
geoekologik vaziyat, landshaft-ekologik sharoit, geotizim, antropogen bosim, tabiiy muvozanat, ekologik barqarorlik, indikator, baholash mezonlari, geotizimlarning holati.Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasining landshaft-ekologik sharoiti va geoekologik holati tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda insonning xo‘jalik faoliyati natijasida geotizimlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar va ularning tabiiy muhit barqarorligiga ta’siri chuqur o‘rganilgan. Professor A.A. Rafiqovning geoekologik vaziyat haqidagi nazariy qarashlari asosida baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘rtta asosiy yo‘nalish — geotizimlar holati, tabiiy komponentlarning ekologik ahvoli, aholining salomatligi va antropogen bosim darajasi — asosida baholash amalga oshirilgan. ArcGIS dasturining NDVI, ArcMonitoring va Hotspot modullari yordamida olingan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida indikatorlar tizimi tuzilgan va landshaftlarning transformatsiya darajasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 50 foizdan ortiq o‘zgarishga uchragan hududlarda geotizimlar barqarorligi keskin pasaygan, ekologik inqiroz belgilari kuzatilgan. Shuningdek, antropogen bosimning ortishi aholi salomatligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan. Xulosa sifatida, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, degradatsiya jarayonlarini sekinlashtirish hamda hududning ekologik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan.
Adabiyotlar
1. Боймиpзaeв К.М. Фapғонa водийси тaбиaтини муҳофaзa қилишнинг экологик-гeогpaфик aсослapи // Ўзбeкистон ГЖ VIII cъeзди мaтepиaллapи. –Нукус, 27-28 ноябpь 2009 йил.
2. Боймиpзaeв К.М. Фapғонa ботиғи воҳaлapидaги aгpоиppигaцион ётқизиқлapнинг мультифункционaл лaндшaфт тaҳлили // Гeогpaфия фaнлapи доктоpи (DSc) илмий дapaжaсини олиш учун ёзилгaн диссepтaция. –Сaмapқaнд, 2020. – Б. 195.
3. Naimov H.N Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi landshaftlarining strukturasi, baholash va geoekologik vaziyati // Geografiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Samarqand 2025
4. Paфиқов A.A., Шарипов Ш.М. Геоэкология. – Т.: Адиб, 2014. – 112 б
5. Sharipov Sh.M., Allaberdiyev R.X., Kuchkarov N.Y., Roʻzimova X.K. Geoekologiya. – Toshkent: Adib, 2017. – 160 b
6. Rafiqov A.A.Xodjimatov A.N., Alimqulov N.R., Xolmurodov Sh.A. Geoekologiya asoslari. – T.: 2014. – 108 b.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.