logo
O‘zbekcha

JANUBIY FARG‘ONA OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY XOS-SALARI VA UNUMDORLIGI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a259

Kalit so‘zlar:

och tusli bo‘z tuproq, agrokimyo, gumus, tuproq unumdorligi, ozuqa elementlari, tuproq profili, intensiv dehqonchilik, o‘g‘itlash.

Annotatsiya

Janubiy Fargʻona vohasining sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlarida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tuproqlarning agrokimyoviy xossalari va unumdorlik holati o‘rtacha darajada ekani aniqlandi. Profillarning genetik qatlamlari bo‘ylab gumus miqdori yuzadan pastga kamayib boradi: haydov qatlamida taxminan 1,3% bo‘lib, quyi qatlamlarda 0,3% gacha pasayadi. Tuproqning umumiy azot miqdori ham xuddi shunday, 0,11% atrofidan (yuzada) 0,02–0,07% gacha (chuqur qatlamlarda) pasayib bormoqda. Umumiy fosfor miqdori 0,19–0,20% oraliqda barqaror saqlanadi, kaliy esa profilda 2,2% dan 1,6% gacha biroz kamayadi. Bu ko‘rsatkichlar tuproqning gumus va ozuqa elementlar bilan ta’minlanganligi o‘rtacha darajada ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida tuproqlarda agrotexnika ta’sirida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ham tahlil qilindi. Olingan natijalarga muvofiq, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi: tuproqdagi gumus zaxirasini saqlab qolish va oshirish uchun organik o‘g‘itlardan muntazam foydalanish, ozuqa elementlari balansini agroximik tahlillar asosida to‘g‘ri boshqarish, sug‘orishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ushbu chora-tadbirlar tuproq unumdorligini uzoq muddatli saqlash va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Mualliflar haqida

  • Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna, Fargʻona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti, b.f.f.d. (PhD), dotsent

  • Nematov Abdumalik Abduraxim o‘g‘li, Fargʻona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvch

Adabiyotlar

1. Abdukhakimova, H. (2023). General physical properties of irrigated sierozem-meadow soils. Science and Innovation, 2(D2), 140–142.

2. Abdukhakimova, Kh. A., Isagaliev, M. T., Obidov, M. V., & Madalova, M. E. (2021). Change in agrochemical properties of sierozem under the influence of agriculture. Research Support Center Conferences (No. 18.06), doi: 10.47100/conferences.v1i1.1364.

3. Isaev, S., Sarimsakov, M., Sarimsakova, M., Turdaliev, A., Abdukhakimova, X., & Mirzaeva, M. (2023). Application of water-saving irrigation technologies of intensive apple orchards in the irrigated regions of Uzbekistan. E3S Web of Conferences, 389, 03052. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338903052

4. Isag‘aliyev, M. T., Abdukhakimova, Kh. A., & Mirzajonov, I. U. (2018). Sug‘oriladigan o‘tloqi-saz tuproqlarining agrokimyoviy xossalari. In “Fanning dolzarb masalalari” respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari (pp. 84–86). Farg‘ona: FDU.

5. Isagaliev, M. T., Yuldashev, G. Y., & Abdukhakimova, Kh. A. (2018). Geochemistry of biomicroelements in irrigated serozems of the south of Fergana. European Sciences Review, 11–12(2), 25–28.

6. Turdaliev, A. T., Askarov, K. A., Abakumov, E. V., Makhkamov, E. Z., Rahmatullayev, G. T., Mamajonov, G. O., Akhmadjonov, A. A., & Axunov, A. A. (2023). Biogeochemical state of salinized irrigated soils of Central Fergana (Uzbekistan, Central Asia). Applied Sciences, 13(10), 6188. https://doi.org/10.3390/app13106188.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-02-03

Qanday iqtibos keltirish

JANUBIY FARG‘ONA OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY XOS-SALARI VA UNUMDORLIGI. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(6), 259. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a259