TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a165Kalit so‘zlar:
language, speech, language–speech dichotomy, linguistic unit, speech unit, competence, performance.Annotatsiya
Mazkur maqolada til va nutq tushunchalari o‘rtasidagi nazariy farqlar hamda ularning lingvistik tadqiqotlarda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Mualliflar til – ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida jamiyat a’zolari uchun umumiy bo‘lgan abstrakt belgi va qoidalar tizimi ekanligi, nutq esa ushbu tizimning individual va aniq namoyon bo‘lish jarayoni ekanligini ilmiy adabiyotlar asosida yoritadilar. Til va nutqning F. de Sossyur tomonidan asoslangan dixotomiyasi [6], shuningdek, N.Chomskiy tomonidan kiritilgan “kompetensiya” va “perfomans” tushunchalari tahlil qilinib, lisoniy birliklarning til va nutq bosqichlaridagi ko‘rinishlari (fonema – tovush, leksema – so‘z va hokazo) misollar bilan ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, hazrat Alisher Navoiy asarlarida til va nutq mohiyatining o‘ziga xos talqini va zamonaviy lingvistik tadqiqotlar nuqtayi nazaridan mazkur tushunchalarning ahamiyati muhokama qilinadi. Maqolada til va nutqning bir-biriga uzviy bog‘liqligi ta’kidlanib, nazariy va amaliy tilshunoslikda ularni alohida-asosiy jihatlar sifatida tadqiq etish zarurligi ilmiy asoslanadi.
Adabiyotlar
1. Turniyozov B.N. Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari fanini o‘qitishda loyiha ta’lim texnologiyasidan foydalanish. (Uslubiy qo‘llanma). – Samarqand, 2019. – 66 b.
2. Chomsky, N. Aspects of the Theory of Syntax. MIT Press, 1965. – P. 4.
4. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Barkamol fayz mediya, 2016. – B. 107.
5. Yuldashev A.M. Alisher Navoiy asarlarida so‘z tavsifi // FarDU. Ilmiy xabarlar. – 2023. – 2. – B. 374-381.
6. Sossyur F. de. Trudy po yazykoznaniyu – Moskva: Progress, 1977. – B.170.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish
Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari
- Kaxarova Mavlyuda Mukaramovna, KONSEPT VA U BILAN BOG‘LIQ TERMINLAR XUSUSIDA , Farg'ona davlat universiteti Ilmiy xabarlar jurnali: № 6 (2025): FarDu ilmiy Xabarlar jurnali (FILOLOGIYA)