MULOQOTNING PSIXOLOGIK TAMOYILLARI XUSUSIDA
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a164Kalit so‘zlar:
muloqot, psixologik tamoyillar, psixolingvistika, adresant, adresat, diskurs, muloqot darajalari, nutqiy faoliyat.Annotatsiya
Mazkur maqolada muloqot hodisasining psixologik va psixolingvistik tamoyillari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda muloqotning til voqelanishidagi o‘rni, nutqiy birliklar va muloqot birliklarining farqlanishi, diskurs doirasida nutqning yuzaga chiqish xususiyatlari yoritilgan. Muallif muloqotni tilshunoslik va psixologiya kesishgan nuqtada talqin qilib, kommunikativ jarayonning ekstralingvistik, kommunikativ, kognitiv va lingvistik jihatlarini izchil asoslaydi.
Maqolada muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlari, adresant va adresat munosabatlari, ichki va tashqi ta’sir birliklarining nutqiy jarayonga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Shuningdek, muloqot psixologiyasiga oid yetakchi nazariy qarashlar umumlashtirilib, muloqotning quyi, o‘rta va yuqori darajalari (primitiv, manipulyativ, standartlashgan, konvensional, ishchan, o‘yinli va ma’naviy darajalar) badiiy matnlar misolida ochib beriladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muloqot insonning ruhiy holati, tafakkuri va nutqiy faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, muloqot jarayonida suhbatdosh shaxsini, vaziyatni va madaniy omillarni hisobga olish uning samaradorligini belgilaydi. Maqola psixolingvistika, nutq madaniyati va kommunikativ lingvistika yo‘nalishlari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
1. Тоирова Г. Нутқий мулоқот ситуатив прагматик система сифатида: Филол. фан. номз. … дисс. автореф. – Тошкент, 2011. – Б.11.
2. Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари: Филол. фан. д-ри ... дисс. автореф. – Тошкент, 2000. – Б.7.
3. Қурбонова М. Ўзбек болалар нутқи лексикaсининг социопсихолингвистик тадқиқи. Монография. – Тошкент, 2014. – Б.24.
4. Шхапацева М.Х. Коммуникация в зеркале психолингвистики// https://cyberleninka.ru/article /n/ kommunikatsiya-v-zerkale-psiholingvistiki (murojaat sanasi: 11.01.2024).
5. Красных В.В. Основы психолингвистики и теории коммуникации. Лекционный курс. – М.: Гнозис, 2001. – 269 c.
6. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. – Toshkent, 2006. – B.5.
7. Алпанова Ш. Нутқий фаолият жараёнидаги руҳий ҳолатларнинг ўзбек тилининг турли сатҳ бирликлари воситасида акс этиши: Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Фарғона, 2018. – Б.33.
8. Iagniuk I., Ponomaryov I., Osypenko A.A. Communication Psychology. – Kharkiv, 2016. – 156 p.// https://www.researchgate.net.
9. Рубинштейн С. Л. Принципы и пути развития психологии [Текст] / Акад. наук СССР. Ин-т философии. – Москва, 1959. – C.180
10. Юлдашева Д. Ўзбек болаларига хос оғзаки ва ёзма матнларнинг антропоцентрик тадқиқи: Филол. фан. д-ри (DSc) ... дисс. – Фарғона, 2022. – Б.127.
11. Raupova L. Nutq madaniyati. Darslik. – Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”, 2019. – B.11.
12. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. – Toshkent, 2006. – B.101.
13. Каримова Ф. Мулоқот матнидаги сўз ўйинлари // Ўзбек тили ва адабиёти, 2024. – №3. – Б.108.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish
Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari
- Mamajonov Muhammadjon Yusubjonovich, Mirzamatova Ziyoda Abdulleyevna, TYPES AND CLASSIFICATION SYMBOLS OF DIPLOMATIC CORRESPONDENCEВИДЫ И СИМВОЛЫ КЛАССИФИКАЦИЙ ДИПЛОМАТИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ , Farg'ona davlat universiteti Ilmiy xabarlar jurnali: № 5 (2022): FarDU ilmiy xabarlar jurnali