logo
O‘zbekcha

YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARI VA UNDA OTA OBRAZI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a158

Kalit so‘zlar:

mumtoz adabiyot, pandnoma asar, ota obrazi, komil inson, poetik mazmun, talqin.

Annotatsiya

 Ushbu maqolada Qoraxoniylar davri adabiyoti vakili sifatida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari chuqur tahlilga tortilgan. Asarning badiiy-estetik qiymati va uning mazmuniy qirralari germenevtik, struktural-poetik, psixologik hamda kontekstual tahlil usullari orqali yoritilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori asardagi ota obraziga qaratilgan bo‘lib, uning keng ko‘lamli talqini orqali muallifning o‘ziga xos tasvir uslubi, obraz yaratish mahorati va ularga yuklatilgan funksiyalarning zamonaviy dolzarbligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada “Qutadg‘u bilig” asari davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasi, davr muammolari hamda insonning “men”i va ichki olami, axloqiy qadriyatlari hamda hayotni to‘g‘ri tashkil etish masalalari asosiy mavzular sifatida tahlil qilingan. Ota obrazi orqali asarda “komil inson” — ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan yetuk shaxsni shakllantirish g‘oyasi ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot O‘rta asr turkiy adabiyotning ma’naviy-estetik qadriyatlarini yoritishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy o‘quvchi va tadqiqotchilarga asarning chuqurroq anglanishiga xizmat qiladi.

Muallif haqida

  • Abdullayeva Dildoraxon Murodiljon qizi, Namangan davlat universiteti

    Namangan davlat universiteti doktoranti

Adabiyotlar

1. Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Тошкент: Ўзбекистон ССР “Фан”, 1972. – Б. 964.

2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent:”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2004. – B.160

3. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig (“Saodatga eltuvchi bilim”). Toshkent: “Cho‘lpon”, 2007. – B. 200

4. Rahmonov N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: “Sano-standart”, 2017. – B. 556

5. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Navoiy universiteti”, 2018. – B.478

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-02-04

Qanday iqtibos keltirish

YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARI VA UNDA OTA OBRAZI. (2026). Farg’ona Davlat Universiteti Ilmiy Xabarlar Jurnali, 31(6), 158. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a158