logo
O‘zbekcha

VENGRIYA VA TURKIY DUNYO: TARIXIY BOG‘LANISH VA ALOQALARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a126

Kalit so‘zlar:

Mojoriston, Turkiy xalqlar, Hunlar, Urug‘ nomlari, Onogur, Sharqiy Yevropa migratsiyasi, Lingvistik o‘xshashlik, Fin-ugor tillari, Etnogenez, Xazar xoqonligi, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT), Budapesht sammiti.

Annotatsiya

Milodiy V asrda hozirgi Osiyo hududlaridan kelgan hunlar Atilla boshchiligida Yevropa tomon yo‘l olishadi. Ular Konstantinopol shahrini egallab, Vizantiya imperatorlarini katta miqdorda o‘lpon to‘lashga majbur qilishadi. Keyinchalik Atilla Galliya (hozirgi Fransiya)da G‘arbiy Rim imperiyasi qo‘shinlari bilan to‘qnash keladi. Oradan ko‘p o‘tmay hunlar Italiyaga ham kirib borishadi. Atilla Rim papasi bilan uchrashgach, Rimga yurishni to‘xtatadi. Hunlar armiyasi Italiyadan qaytishda Markaziy Yevropada to‘xtab, shu еrda doimiy yashash uchun joylashadi. Lotin tilidagi “Hungaria” (ingliz tilida “Hungary”) nomi aynan hun xalqining nomidan kelib chiqqan bo‘lib, bugungi Vengriya davlatining nomiga asos bo‘lgan. Vengriya ilmiy va siyosiy qatlamlari asrlar davomida o‘z turkiy ildizlarini eslab yashagan, turkiy xalqlar bilan aloqalarni saqlashga intilgan. Biroq geografik masofa bu aloqalarni rivojlantirishni murakkablashtirgan. Shuningdek, Sharqdan kelib chiqqan hunlar bir vaqtlar Rimga tahdid solganligi sababli, ularning avlodlari Yevropada begonalik bilan qarshi olingan.

Muallif haqida

  • Muzaffarov Muhammadaminxon Xusanxon o‘g‘li, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot

    texnologiyalari universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi assistenti

Adabiyotlar

1. Golden, Peter B. An Introduction to the History of the Turkic Peoples. Wiesbaden: Otto Harrassowitz, 1992.

2. Róna-Tas, András. Hungarians and Europe in the Early Middle Ages. Budapest: Central European University Press, 1999.

3. Vambery, Arminius. Travels in Central Asia. London: John Murray, 1865.

4. Budapesht norasmiy sammiti deklaratsiyasi. TDT rasmiy hujjat arxivi, 2025. https://www.turkicstates.org/uz.

5. Boboyoyov G‘. “Afsonaviy xun imperatori Atilla, birinchi mojor qiroli Almushxon – “Gʻarbdagi turklar o‘lkasi” va venger xalqining paydo bo‘lishi tarixi”. Oyina, 2022. https://oyina.uz/uz/article/1290.

6. IIAU. Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak. https://iiau.uz/oz/news/1774, 2022.

7. Vikipediya. Turkiy xalqlar. https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkiy_xalqlar, olinma sana: 23-oktabr, 2025.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-02-04

Qanday iqtibos keltirish

VENGRIYA VA TURKIY DUNYO: TARIXIY BOG‘LANISH VA ALOQALARI. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(6), 126. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a126