HARBIY TA’LIM FAKULTETI TALABALARINING KASBIY-AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSIYALAR
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a25Kalit so‘zlar:
jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, blok-modul tizimi, mezotsikl, mikrotsikl, dastur, parametrlar, ko‘rsatkichlar.Annotatsiya
Mazkur maqolada harbiy ta’lim fakulteti talabalari uchun kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishning zamonaviy metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish maqsadida blok-modul tizimidan foydalanilgan bo‘lib, bu yondashuv orqali talabalarning jismoniy tayyorgarligi, harakat malakalari va kasbiy-amaliy kompetensiyalari bosqichma-bosqich rivojlantirilgan. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijasida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning mezotsikl va mikrotsikl asosida tuzilishi o‘quv jarayonining uzluksizligi va tizimliligini ta’minladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, blok-modul tizimi talabalarning jismoniy sifatlari (kuch, chidamlilik, chaqqonlik, tezkorlik va koordinatsiya)ni sezilarli darajada rivojlantirish bilan birga, ularning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini ham oshirdi. O‘tkazilgan tajriba natijalari asosida ishlab chiqilgan metodikaning harbiy ta’lim tizimidagi o‘quv kurslari bo‘yicha yuqori samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlandi.
Adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida” gi Qonuni. –Toshkent sh., 2018 yil 9 yanvar, 458-son.
2. Кочкаров А.А. ППФП курсантов высших курсов по подготовке сержантского состава Академии МВД РУз: Учебное пособие. Изд-во «Академия МВД РУз» Т.:2006 – 56 с.
3. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. // Л.П.Матвеев. – изд. 4-е . – Санкт-Петербург. Лань. Омега. 2004. – 158 с.
4. Полиевский В.П. Теоретико-методические основы совершенство-вания прикладной физической культуры: Автореферат на соискание ученой степени доктора педагогических наук. – М., РГАФК, 1999. – 56 с.
5. Ханкельдиев Ш., Хасанов А. Экспериментальное обоснование направленной методики занятий по физическому воспитанию студентов военного факультета в период летних учебно-полевых сборов. // Теория и методика физического воспитания. Алма-ата. Казахская академия спорта и туризма. №2 2010. С.45-48.
6. Xasanov A.T. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi pedagogik texnologiyasi: Ped. fan. bo‘y. fal. dok.(PhD)... diss.Chirchiq. 2018. – 173 s.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.