TURLI KO‘CHAT QALINLIGI VA DEFOLIANT ME’YORLARINI O‘RTA TOLALI S-7303 G‘O‘ZA NAVI CHIGIT SIFATIGA TA’SIRINI BAHOLASH
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a144Kalit so‘zlar:
chigit massasi, yadro chiqimi, moydorlik, ko‘chat qalinligi, andoza, baystar, entodefol.Annotatsiya
Mazkur ilmiy tadqiqotda o‘rta tolali S-7303 g‘o‘za navining chigit sifatiga turli ko‘chat qalinliklari va defoliant me’yorlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida 70-80; 100-110; 130-140 ming tup/ga ko‘chat qalinligida, shuningdek Baystar defoliantining 0,500; 0,600 va 0,700 l/ga me’yorlari qo‘llanildi. Tajribalar natijasida defoliant me’yori va ko‘chat qalinligi o‘zgarishiga qarab chigitning, yadro chiqimi, 1000 dona urug‘ massasi, hamda chigitning moyliligi kabi ko‘rsatkichlarda sezilarli farqlar kuzatildi. Optimal natijalar 100-110 ming tup/ga qalinlik va 0,600 l/ga defoliant me’yori qo‘llangan variantda qayd etildi. Ushbu sharoitda chigitning, yadro chiqimi, 1000 dona urug‘ massasi, hamda chigitning moyliligi me’yoriy chegarada bo‘ldi.
Adabiyotlar
1. Muhammadxonov S. G‘o‘za agrotexnikasi va urug‘ sifati. – Toshkent, O‘zbeksiton, 1978. – 47-75 b.
2. Imomaliyev A., Zikiryoyev M. O‘simliklar biokimyosi. – Toshkent. Mehnat. 1987. – 345 b.
3. Steven Hall, Brian Pieralisi va boshqalar. “Effect of cotton seed size and seeding density on cotton growth, development, and yield” Agronomy journal 2024.-2967-2975 b
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.
Qanday iqtibos keltirish
Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari
- , DEVELOPING A PLAN FOR WATER USE IN THE FARMING SECTOR , Scientific journal of the Fergana State University: 2024: KONFERENSIYA. "TUPROQ BIOGEOKIMYOSI – BIOSFERANING BARQAROR RIVOJLANISHI VA MUHOFAZASI" xalqaro ilmiy anjuman.