STREPTOMYCES SP. IZOLYATINING ANTIBIOTIKKA CHIDAMLI KLINIK SHTAMMLARGA NISBATAN ANTIMIKROB FAOLLIGINI BAHOLASH
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a139Kalit so‘zlar:
Streptomyces sp., antimikrob faollik, antibiotik rezistentligi, klinik izolyatlar, tabiiy birikmalar, bioaktiv metabolitlar.Annotatsiya
Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda va mavjud antimikrob vositalarning samaradorligi pasayib bormoqda. Shu sababli, yangi va samarali tabiiy antimikrob birikmalarni izlash dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Streptomyces turi aktinomitsetlar tabiiy bioaktiv moddalar, ayniqsa antibiotiklar ishlab chiqaruvchi asosiy mikroorganizmlardan biri sifatida tan olingan. Ushbu tadqiqotning maqsadi mahalliy tuproq namunalaridan ajratilgan Streptomyces sp. izolyatining antibiotikka chidamli klinik patogenlarga nisbatan antimikrob faolligini baholashdan iborat. Tadqiqot doirasida Streptomyces izolyatlari standart morfologik, fiziologik usullar orqali identifikatsiya qilindi. Antimikrob faollik ikki qavatli agar va disk diffuzion usullar orqali baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Streptomyces izolyatlari yuqori darajada antimikrob faollik namoyon etdi. Bu natijalar Streptomyces izolyatlarining antibiotiklarga chidamli patogenlarga qarshi muqobil tabiiy agentlar sifatida katta potensialga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot Streptomyces turlaridan yangi antimikrob birikmalarni aniqlash va ularni kelgusida klinik tadqiqotlarga joriy etish yo‘lida muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar
1. Salwan, R., Sharma, V. (2020). Bioactive compounds of Streptomyces: Biosynthesis to applications. Studies in natural products chemistry, 64, 467-491.
2. Shepherdson, E. M., Baglio, C. R., Elliot, M. A. (2023). Streptomyces behavior and competition in the natural environment. Current opinion in microbiology, 71, 102257.
3. de Lima Júnior, A. A., de Sousa, E. C., de Oliveira, T. H. B., de Santana, R. C. F., da Silva, S. K. R., Coelho, L. C. B. B. (2023). Genus Streptomyces: Recent advances for biotechnological purposes. Biotechnology and Applied Biochemistry, 70(4), 1504-1517.
4. Bhandari, S., Bhattarai, B. R., Adhikari, A., Aryal, B., Shrestha, A., Aryal, N., Parajuli, N. (2022). Characteriza-tion of streptomyces species and validation of antimicrobial activity of their metabolites through molecular docking. Processes, 10(10), 2149.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.