PISKENT TUMANINING SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARIDA GRANU-LOMETRIK TARKIBI XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a138Kalit so‘zlar:
Tipik bo‘z tuproq, lalmi, delyuvial, allyuvial, mexanik tarkib, ball boniteti, karbonat, kaprolit.Annotatsiya
Mazkur maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik darajasini baholash masalalari keng yoritilgan. Tadqiqot davomida Toshkent viloyati Piskent tumanidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi, agrokimyoviy va agrofizik xususiyatlari batafsil tahlil qilindi. Ushbu baholash jarayonida tuproq unumdorligini aniqlashda oziq moddalar miqdori va tuproq strukturasining holati kabi muhim omillar hisobga olindi. Shuningdek, tuproqni ball boniteti asosida tuproqning sifat darajalari ham ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligida yuqori hosil olish va ekin еtishtirish samaradorligi ko‘p jihatdan tuproqning mexanik tarkibi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ekinlarning sifati va hosildorligi tuproq sharoitlariga mos kelishini talab qiladi, shuning uchun har bir hudud uchun tuproq xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent viloyati, Piskent tumani hududida tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarda mikroelementlarning ekin rivojlanishiga ta’sirini aniqlash maqsadida chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazildi. Tadqiqotlarda tuproq mexanik tarkibini aniqlashda nafaqat N.A. Kachinskiy usuli, balki xalqaro standartlar – “ISO/TC 190 Soil quality” ham qo‘llanilib, tadqiqot natijalari sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligini oshirish, saqlash va samarali foydalanish uchun ilmiy asos yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi еrlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-71-son Farmoniga.
2. Azimboev S.A. “Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari”. (Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
3. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Berdiboev E., Kenjayev Y “Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan” (O`quv qo`llanma) – T.: “Turon-iqbol”, 2014. – 240 b.
4. Musaуev B.S., Qosimov U.S. Agrokimyo. Toshkent, Cho‘lpon, 2007 у.
5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
6. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.: 1985. Агоропромиздат. -С. 248-255.
7. Santarcangelo C., Baldi A., Ciampaglia R., Dacrema M. Long-aged parmigiano reggiano PDO: Trace el-ement determination targeted to health. Foods. 2022;11:172.
8. Xoliqulov Sh., Uzoqov P., Boboxo`jayev I. “Tuproqshunoslik”. -T.: 2011. -572 b.
9. Козлова А.А., Физика почв, Лекционный курс, Часть 1, 2012.
10. Sattorov D.S. tahriri ostida Agrokimyo darsligi. Toshkent, Cho‘lpon nashriyoti, 2011 y.
11. https://www.fao.org/fishery/docs/CDrom/FAO_Training/FAO_Training/General/x6706s/.!33791!x6706s06.htm
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.