logo
O‘zbekcha

O‘ZBEKISTONDA OVLASHGA RUXSAT ETILGAN QUSHLARNING SISTEMATIK TAHLILI VA BUXORO VILOYATIDA UCHRASHI HAQIDA MA’LUMOTLAR

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a127

Kalit so‘zlar:

Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpoq, Yovvoyi, Erkak, urg‘ochi, iqtisodiy, biologik xilma-xillik, muhofaza qilish, ovchilik xo‘jaliklari.

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonda ovlashga ruxsat etilgan qushlarlar sistematikasi sinf, turkum, oila va turlar kesimida sistematik jihatdan tahlil qilingan. O‘rganishlar natijasida O‘zbekistonda ovlashga ruxsat etilgan qushlar sinfining 8 ta turkum, 12 ta oila va 45 tur vakillari aniqlandi. O‘zbekistonda rasman ovlashga ruxsat etilgan ovlanadigan qushlarning Buxoro viloyatida uchrashi xususiyatlari o‘rganilganda ularning 45 turgan 42 turi viloyat tabiatida uchrashi qayd etildi. Tadqiqot ishimizda “O‘zbekistonning cho‘l zonasida ovlanadigan hayvon turlarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati”ni o‘rganish hisoblanadi. Dunyo miqyosida biologik xilma-xillikning muhim tarkibiy qismi sanalgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish masalasiga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa hayvonot dunyosidan ov qilish maqsadida keng va ba’zan nooqilona foydalanish, ov xo‘jaliklarini yuritish sohasidagi mavjud muammolar ko‘pchilik hollarda turlarning qirilib ketishiga yoki sonini kamayishiga sabab bo‘lmoqda, ba’zan ular noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarga aylanmoqda. Shunga ko‘ra, mazkur masalalarni o‘rganish, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish, ovchilik xo‘jaliklari yuritishni tartibga solish hamda aholining iqtisodiy, ijtimoiy farovonligini oshirishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mualliflar haqida

  • Jumanov Muratbay Arepbayevich, Qoraqalpoq davlat universiteti

    Qoraqalpoq davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori

  • Raxmonov Rashid Raximovich, Buxoro davlat pedagogika instituti

    Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti, b,f,f,d (PhD)

Adabiyotlar

1. Жуманов М.А. Позвоночные животные Южного Приаралья в условиях антропогенной трансформации среды их обитания.: Автореф. дисс. ...док. биол. наук. – Ташкент, 2017. – 52 с.

2. Аметов М.Б. Антропогенная трансформация фауны птиц Каракалпакстана.: Автореф. дисс. …канд. биол. наук. – Ташкент, 1998. – 27-34 с.

3. Рахмонов Р.Р. Бухоро вилоятида овланадиган ҳайвон турлари: Фаунаси, экологияси ва барқарор фойдаланилиши. Автореф. дисс....б.ф.ф.д (PhD) – Тошкент. 2020 йил – Б-3-10.

4. Rakhmonov R.R., Rayimov A.R. Structure and distribution of animals in the Bukhara region // Nature of inner asia 2019. – № 2 (11). – P. 65-68.

5. Rakhmonov R.R., Jabborova O.I., Turayev M.M. Species composition and territorial distribution of hunting animals in bukhara region // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal.- № 10 (2020). B. 9-11

6. Raxmonov R R., Shoimova N.B. Buxoro viloyatida noqonuniy ovlanadigan ayrim hayvon turlari haqida yangi ma’lumotlar // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 2023-11/1, B.120-124.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-01-27

Qanday iqtibos keltirish

O‘ZBEKISTONDA OVLASHGA RUXSAT ETILGAN QUSHLARNING SISTEMATIK TAHLILI VA BUXORO VILOYATIDA UCHRASHI HAQIDA MA’LUMOTLAR. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(5), 127. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a127